|
O’zbеkistоn rеspublikаsiSimvol – biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz.
Sinkretizm
|
səhifə | 183/186 | tarix | 23.09.2023 | ölçüsü | 2,19 Mb. | | #123420 |
| Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курсSimvol – biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz.
Sinkretizm - qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning noraso holati bilan belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralaShuvi.
Skeptisizm – inson bilimining ishonchliligiga Shubha bildiruvchi va barcha haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy konsepsiya.
Stereotip – ko’pincha jamiyat tomonidan faol ilgari suriladigan va individ tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va soddalashtirilgan obrazi.
Substansiya – birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.
Ssiyentizm – madaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini mutlaqlashtirish.
Tabu – biron-bir narsa, harakat, so’zga nisbatan belgilanadigan diniy taqiq.
Teologiya – diniy ta’limotlar tizimi.
Teosentrizm – dunyoni tushunish markaziga Xudoni qo’yuvchi falsafiy yondashuv.
Texnogen – texnika bilan bog’liq, uning ta’siri bilan belgilangan.
Texnokratik – texnikani birinchi o’ringa qo’yuvchi.
Texnooptimizm – turli muammolarni yechishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko’rsatuvchi falsafiy yondashuv.
Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.
Texnotron jamiyat – kompyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.
Transsendental – o’ta umumiy.
Universum – yagona Olam, yaxlit dunyo.
Fauna – barcha turdagi hayvonlar majmui.
Fenomen – insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa.
Fenomenologiya – bevosita kuzatish mumkin bo’lgan ideal mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta’limot.
Flora – o’simliklar dunyosi.
Fluktuasiya – o’zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og’ish.
Futurologiya – kelajak haqidagi fan.
Evolyusion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolyusiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o’rganuvchi fan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|