O„zbekiston respublikasi


I bob.O‟zbekiston Respublikasi budjet tizimi va moliyaviy resurslari



Yüklə 316,67 Kb.
səhifə2/10
tarix30.12.2023
ölçüsü316,67 Kb.
#167702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3446cff9-77b3-4878-bda5-aa2d0add6f81 (1)

I bob.O‟zbekiston Respublikasi budjet tizimi va moliyaviy resurslari




1.1. O‟zbekiston Respublikasi budjet tizimi


Budjet tuzilishi mamlakatning davlat budjeti va tizimini uning ayrim bo‟ginlarining o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlarni tashkil qilishni, budjet tizimidagi budjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, budjetlar tarkibi va tuzilmasini, budjet mablag‟larini shakllantirish va sarflashdagi tartib qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
O‟zbekiston Respublikasi budjetining tuzilishi O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‟zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‟g‟risida» gi Qonuni, O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har yili qabul qilinadigan
«O‟zbekiston Respublikasining davlat budjeti tog‟risida» gi Qarori va Vazirlar Mahkamasining «O‟zbekiston Respublikasi davlat budjetining asosiy makroiqtisodiy ko‟rsatkichlari va parametrlari prognozi to‟g‟risida» gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
Budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‟lari oluvchilari yigindisini, budjetlarni tashkil qilish va tuzish prinsiplarin, budjet jarayonida ular o‟rtasida shuningdek, budjetlar hamda budjet mablari oluvchilar o‟rtasida vujudga keladigan o‟zaro munasabatlarni ifoda etadi2.
Budjet tizimi-davlat moliya tizimining bosh bo‟gini hisoblanadi. Budjet tuzilish asoslari mamlakatning davlat tuzumi, mamlakatda amalda bo‟lgan asosiy qonun hujjatlari, budjetning ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlardagi roli bilan belgilanadi. Shuningdek, budjet tizimi tuzilishi mamlakatning davlat va ma‟muriy tuzilishi shakliga ham bogliq.
Unitar (yagona) davlat-bu ma‟muriy-huquqiy birliklar o‟zdavlatiga yoki muxtoriyatiga ega bo‟lmaydigan davlat tuzilishidir. Unitar davlatning budjet tizimi 2 bo‟gindan-davlat budjeti va mahalliy budjetlarlardan tashkil topadi.
O‟zbekiston Respublikasi budjet tizimi quyidagi asosiy prinsipla ga ko‟ra tuziladi:

      • budjet tasnifitizimi, hisob budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;

      • budjet tuzilishining O‟zbekiston Respublikasi ma‟muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;

      • turli darajadgi budjetlarning o‟zaro bog‟liqligi;

      • davlat budjetining balansligi;

      • davlat daromadlarini aniq manbalar bo‟yicha rejalashtirish

      • davlat budjeti loyihasini tayyorlamaydi;

      • davlat budjeti mablag‟larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni oshiradi;

      • respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi;

      • budjet tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‟yxatdan o‟tkazadi;




2 O‟zbekiston Respublikasi «Budjet tizimi to‟g‟risidagi‟‟ gi Qonuni, 4-modda Respublikasi Moliya Vazirligi:

Barcha darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi-daromadlar va xarajatlarni tasnif obyektlariga guruhlovchi xos raqm (kodlar) berish bilan guruhlash ko‟rsatkichlari doirasida shakllantirilad va ijro etiladi.
Budjet tasnifi:

      • davlat budeti daromadlari tasnifini;

      • davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;

      • davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‟z ichiga oladi.

Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq daromadlarni turmushlari va manbalari bo‟yicha guruhlashdan iborat. Davlat budjeti xarajatlarning tashkiliy tasnifi budjetdan ajratiladigan mablag‟lar ularni bevosita oluvchilar o‟rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‟jalik yurituvchi subyektlarga va tadbirlar turlari bo‟yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‟ladi.Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‟lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‟yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‟ladi.Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalastirishning ichki va tashqi manbalari bo‟yicha guruhlashdan iborat bo‟ladi
Budjetni rejalashtirish-davlatning moliya siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyavuy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va nobudjet jamgarmalarni tuzish va ijrosi jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning qiymatini moliyaviy tizim bo‟ginlari o‟rtasida markazlashtirilgan rejalashtirishdan iboratdir. Budjetnni rejalashtirish davomida moliya mamlakatning rivojlantirish davlat dasturlarining asosiy iqtisodiy va sifat ko‟rsatkichlariga hamda tabiiy, moddiy, resurslarinidan samarali foydalanish rezervlarini topishga faol tasir ko‟rasatadi.
Budjetni rivojlantirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

      • budjet masalalarini yagona huquqiy normalar bilan tartibga solinishi;

      • budjet mablaglari yo‟nalishining aniq adresli va maqsadli xarakteri;

      • yillik budjetni rivojlantirishning uzluksizligi;

      • moliya ko‟rsatkichlarning barqarorligi;

      • balans usuli.

Budjetni rejalashtirish davlat hokimiyati va boshqaruv oraganlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjetni rejalashtirish turli darajadagi budjetlarni tuzish va ijro etish tartibi, uning me‟yoriy, huquqiy bazasi va tashkiliy asosi tarzida budjet jarayonini, shuningdek mamlakat budjetini tuzishning nazariyasi va metodologiyasi masalalarini ham o‟z ichiga oladi. Budjet bo‟yicha rejalashtirish asoslari mamlakat konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilanadi.
Budjet jarayoni budjet ni rejalashtirishning asosiy shakli sifatida hokimiyat organlaring davlat budjeti va unga kiradigan budjetlarni tuzish, ko‟rib chiqish, qabul qilish, ularning ijrosini nazorat qilish, shuningdek ularning ijrosi haqidagi



3 O‟zbekiston Respublikasining « Budjet tizimi tog‟risida‟‟ gi Qonuni, 8-modda.
hisobotlarni tasdiqlash bo‟yicha qonun hujjatlari bilan tartibga solingan faoliyatidan iborat.
Budjat jarayoni budjat faoliyatining 4 bosqichini qamraydi:

      • budjet loyihasini tuzish;

      • budjetni ko‟rib chiqish va tasdiqlash;

      • budjetni ijro etish va uning ijrosini nazorat qilish;

      • budjet irjosi to‟grisida hisobat tayyorlash va uni tasdiqlash.

Budjetlar orqali tartibga solish, ya‟ni moliya resurslari turli darajadagi budjetlar o‟rtasida qayta taqsimlash budjet jarayonining tarkibiy qismini tashkil qiladi. O‟zbekiston respublikasi Moliya Vazirligi har yili O‟zbekiston respublikasi Moliya Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi modda yiliga :

      • tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgarmalari loyihalarini tayyorlash Qoraqolpog‟isto Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamgarmalarini taqsimlovchi organlarga;

      • budjetdan ajratiladigan mablaglarni olishga buyurtmalar tuzish uchun respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablaglari oluvchilarga bdjet so‟rovi yuboradi.

O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat budjetining ijrosi to‟grisidagi hisobotni O‟zbekiston Respublikasi Hisob Palatasiga u tashqi audit va baholash o‟tkazishi uchin hisobot yilidan keying yilning beshinchi apreligacha yuboradi. O‟zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi davlat budjetining ijrosi to‟grisidagi hisobatga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o‟ninchi mayidan kechiktirilmay O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat budjetining ijrosi to‟grisidagi hisobotni O‟zbekiston Respublikasi Hisob Palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonuncilik palatasiga taqdim etadi.
O‟zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‟mitasi, Davlat bojxona qo‟mitasi soliqlar, yig‟imlar, bojlar boshqa majburiy to‟lovlarning davlat budjetiga hisobot to‟grisidagi hisobotni har oyda O‟zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga qonun hujjat belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Davlat soliq xizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar, yig‟imlar, bojlar va boshqa majburiy to‟lovlarning davlat budjetiga hisobat davridagi tushumlari to‟grisidagi hisobotni har oyda tegishli moliya organlariga qonun hujjatlarida belgingan muddatlarda taqdim etadi.
O‟zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‟aznachiligi va uning hududiy bo‟linmalari davlat budjetining ijrosi to‟grisidagi hisobotni O‟zbekiston Respublikasi Moliy Vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishli O‟zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi.

Yüklə 316,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə