O„zbekiston respublikasi


II bob.O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari (budjet xarajatlari) va ularning samaradorligi



Yüklə 316,67 Kb.
səhifə4/10
tarix30.12.2023
ölçüsü316,67 Kb.
#167702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3446cff9-77b3-4878-bda5-aa2d0add6f81 (1)

II bob.O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari (budjet xarajatlari) va ularning samaradorligi





    1. O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari (budjet xarajatlari)

Davlatning o‟z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog‟liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar budjet xarajatlari deyiladi.Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini turli yo‟nalishlar bo‟yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Budjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya sifatida budjetnin ko‟rinishlaridan biri bo;lib, unga tegishli bo‟lgan umumiy xususiyatga egadir, ya‟ini ular taqsimlash ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilinishi bilan bog‟langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Budjet xarajatlari asosan qaytari olinmaydigan, qaytmas xususiyatga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko‟rsatildi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bogliq bo‟ladi.
Budjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli tuman ko‟rinishlari orqali namoyon bo‟ladi. Xarajatlarning har bir turi esa o‟zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, budjet xarajatlarining mo‟ljallganligini, miqdoriy xarakteristikasi esa ularning o‟lchamini aniqlashga imkon beradi. Budjet xarajatlari chiqimlarning aniq turlari orqali namoyon bo‟ladi. Budjet xarajatlari aniq turlarining xilma xilligi esa o‟z navbatida quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisoiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; budjetning milliy iqtisodiyot bilan bog‟langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; budjet mablarining namoyon bo‟lish shakllari va boshqalar. Bu omillarning qo‟shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ma‟lum bir bosqichida har qanday davlat budjetining u yoki bu xarajatlar tizimini vujudga keltiradi.
Budjetning capital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‟naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlaening tarkibiga:

  • tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan huquqiy shaxslarga investitsiyalar uchun mo‟ljallangan;

  • huquqiy shaxslarga investitsion maqsadlar uchun budjet kreditlari sifatida beriladigan mablaglar;

  • kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‟liq bo‟lgan kapital ta‟mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bogliq bo‟lgan boshqa xarajatlari;

  • amalgam oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‟lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajtlar;

  • budjet xarajatlarining iqtisodiy xarakterlanishiga muvofiq budjetning kapital xarajatlari tarkibiga kirtiladigan boshqa xarajatlar kiradi.

Funksional nuqtai-nazaridan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag‟larining yo‟naltirilganligini aks ettiradi. Bunda budjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo‟linishi mumkin:

  • davlat boshqaruvi va mahalliy o‟z-o‟zini boshqarish;

  • sud hokimiyati;

  • xalqaro faoliyat;

  • milliy mudofaa;

  • huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta‟minlash;

  • fundamental tadqiqotlar va ilmiy texnika taraqqiyotini ta‟minlash;

  • sanoat, energetika, va qurilish;

  • qishloq xo‟jaligi va baliqchilik;

  • atrof-muhitni va tabiiy resurslar muhofaza qilish, gidrometrologiya, xaritashunoslik va geodiziya;

  • transport, yo‟l xo‟jaligi aloqa va informatika;

  • uy-joy kommunal xo‟jalik;

  • ma‟orif;

  • sog‟liqni saqlash va jismoniy tarbiya;

  • madaniyat, san‟at va kinematografiya;

  • ommaviy axborot vositalari;

  • maqsadli budjet fondlari;

  • davlat qarziga xizmat qilish;

  • davlat zaxiralari va rezervlarni to‟ldirish;

  • ijtimoiy siyosat.

Ijtimoiy mo‟ljallanganligi bo‟yicha budjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlariga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajariladigan funksiyalarni o‟zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda budjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo‟lish mumkin:

  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‟llab-quvvatlash xarajatlari;

  • milliy xo‟jalikka oid xarajatlar;

  • rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari;

  • boshqaruv xarajatlari;

  • harbiy xarajatlar.

Davlatning ijtmoiy fumksiyasini o‟zida aks ettirib, bu guruhdagi budjetning xarajatlari xalq ta‟limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga,fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‟lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sugurta va ijmoiy ta‟minotni amalgam oshirishga keng yo‟l ochib berdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjetning xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‟liqdir. Bunday o‟zaro bog‟liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o‟zaro ta‟siri ko‟rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, budjet xarajatlarning hajmi budjaet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‟z navbatida budjet daromadlarining
hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda budjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo‟jalikda pul fondlarini shakllantirishda budjet mablag‟laridan foydalanishning shunday muddatalarini o‟rnatish kerak, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta‟minlansin.
Mamlakatda milliy xo‟jalikni moliyaviy jihatdan tartibga solish budjet daromadlarini rejalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayoning o‟zidayoq budjet xarajatlarning umumiy hajmi gorizontaliga va vertikaliga taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o‟zgarishlarning sodir b o‟lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Budjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o‟zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‟larini rejalashtilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng ma‟noda qilish imkoniga ega bo‟ladi.
Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo‟jalikning ehtiyojlariga bog‟liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste‟molning ba‟zi bir omillariga davlatning ta‟sirchanligini ta‟minlash kabilar bilan belgilanadi. Moliya organlari iqtisodiyotning turli tarmoqlariga budjetdan ajratilgan mablag‟larni sarflash ustidan nazorat olib boradi va budjetdan ajratilgan mablag‟lar ortiqcha sarflangan hollarda, ushbu holatlarning sabablarini o‟rganib chiqadi hamda chiqimlarni kamaytirish yuzasidan tegihli xulosa va takliflarni taqdim etadi.

    1. Yüklə 316,67 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə