O„zbekiston respublikasi


III bob. Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida davlat moliyaviy resurslari, ishlatilish yo‟nalishlari va samaradorligi



Yüklə 316,67 Kb.
səhifə6/10
tarix30.12.2023
ölçüsü316,67 Kb.
#167702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3446cff9-77b3-4878-bda5-aa2d0add6f81 (1)

III bob. Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida davlat moliyaviy resurslari, ishlatilish yo‟nalishlari va samaradorligi




    1. Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida davlat moliyaviy resurslari va ularning manbalari


Qashqadaryo viloyati Moliya boshqarmasi O‟zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarkibiy qismi bo‟lib, Qashqadaryo viloyatida mahalliy budjetni amalgam oshiradi. Qashqadaryo viloyati budjeti xalq deputatlari viloyat sessiyasida tasdiqlanadi. Viloyat budjeti daromadlari tarkibida soliqlarning salmog‟i taxminan 90-95% ni tashkil qiladi.
Bunda asosiy o‟rinni qo‟shimcha qiymat solig‟i egallamoqda. Xususan, ushbu soliq turning 2010-2012 yillardagi viloyat budjeti daromadlaridagi o‟rni mos ravishda 36,6%, 39,5% va 37,8% ni tashkil etadi. Shu raqamlardan ko‟rinib turibdiki viloyat budjeti daromadlarini shakllantirishda qo‟shilgan qiymat solig‟i benihoya muhim sanaladi.. Shuning uchun keyingi yillarda ham qo‟shilgan qiymat soligini yig‟ib olishga alohida e‟tibor qaratish lozim. Viloyat budjeti daromadlari tarkibidagi saalmog‟iga ko‟ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‟i 2-o‟rinda turadi, ya‟ni joriy soliq turining daromadlar tarkibidagi salmog‟i 2010 yilda 15,6% ni, 2011 yilda 8,1% ni, 2012 yilda esa 15,3% ni tashkil qilgan.
Obodonlashtirsh va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‟ini yig‟ib olish orqali viloyat budjeti daromadlarida 2010 yilda 10,6% i, 2011 yilda 12,6% i, 2012 yilda esa 11,1% i shakllantirilgan. Viloyat budjeti daromadlarining 2010 yilda 9,9% i, 2011-tilda 13,7% i, 2012 yilda 9,3% i huquqiy shaxslardan olinadigan foyda solig‟ini undirish hisobiga shakllantirilgan. Huquqiy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqning viloyat budjetidagi ulushi 2010-2012 yillarda mos ravishda 602%, 7,6% va 9,1% ni tashkil qilmoqda.
Viloyat budjeti daromadlarining 78-83% qismi yuqorida sanab o‟tilgan soliqlar zimmasiga to‟g‟ri keladi. Viloyat budjeti daromadlarining qolgan qismi boshqa turdagi soliqlar va yig‟imlar, shu jamladan aksiz solig‟i, jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‟isi va gaz iste‟mol qilganlik uchun soliq, yer solig‟i, mikrofirmalar, turli tipdagi korxonalar va taskilotlar hamda tadbirkolik faoliyati bilan shug‟ullanuvchi idoralar tomonidan to‟lanadigan yagona soliq to‟lovidan davlat budjetiga ajratmalar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‟lmagan turli xildagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‟ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qay‟iy belgilangan soliq, davlat boji va boshqa nosoliqli daromadlardan iborat.
Viloyat budjetining daromadlar qismi 2010-2012 yillarda rejadagidan oshirilib bajarilib kelingan. Masalan, viloyat budjetining daromadlar qismi 2010 yilda 2% ga, 2011 yilda 0,05%ga, 2012 yilda esa 15,9% ga oshirilib bajarilgan. Ammo bunda barcha soliqlar va yig‟imlar rejalashtirilganidek bajarilmagan. Misol uchun, viloyat budjet daromadlarining katta qismini atshkil qiluvchi O‟zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan mahsulotlarga solinadigan soliqni undirish ishlari 2010 yilda 99,3% ga, 2011 yilda 98% ga bajarilgani kuzatiladi.

    1. Yüklə 316,67 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə