O’zbekiston respublikasi


Nomodliy aktivlarni qayta baholash va ularning buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə26/63
tarix08.11.2018
ölçüsü2,41 Mb.
#79111
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63

9. Nomodliy aktivlarni qayta baholash va ularning buxgalteriya hisobi

Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan mos keltirish maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam aniqlashtirib borishdan iborat.

Korxona qayta baholashni, faol bozor ma’lumotlari asosida joriy qiymatni aniq belgilash mumkin bo’lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida to’g’ridan-to’g’ri qayta hisoblash yo’li bilan amalga oshirishi mumkin.

Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq qilmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak.

Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor bo’lgan hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak.

Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo’yicha buxgalteriya hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.

Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi bo’yicha faol bozor narxi asosida aniqlash mo’mkin. Agar qayta baholanayotgan nomoddiy aktivlar guruhidan bo’lgan nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga faol bozor bo’lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to’plangan amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga olinishi kerak.

Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol bozor ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo’lmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati to’plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor ma’lumotlari asosida so’nggi qayta baholash kunidagi tiklovchi qiymati bo’lishi kerak.

Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko’ra quyidagilardan foydalanish mumkin:

a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan yozma shaklda olingan o’xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to’g’risidagi malumotlar;

b) qayta baholash o’tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi Markaziy Bank kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini qo’llash bilan erkin muomaladagi valutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjat bo’lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma’lumotlar;

v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va boshqalarda e’lon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar;

g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi.

Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta baholash o’tkazilgan kundagi to’plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi amortizatsiya ustamasi qayta baholangan qiymatidan o’tkaziladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymrtini uning boshlang’ich qiymatiga bo’lish orqali aniqlanadi.

Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo’shimcha baholash summasi "Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali tarkibiga kiritiladi.

Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi oldingi hisobotdavrida o’tkazilgan mazkur obyektning baholashdan avvalgi summasi doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obyektni qo’shimcha baholash summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig’i boshqa operaiion xarajatlarga kiritiladi.

Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta baholash o’tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.

Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo’lgan uning balans qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:

a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko’payishi: Dt «Nomoddiy aktivlar» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti.

b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga balans qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti.

Mazkur nomoddiy aktiv bo’yicha avvalgi qayta baholashdagi ko’payishdan ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" schyotida aks ettiriladi.

v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining ko’payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.

g) nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti.

Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan Gudvill summasiga ega bo’lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash natijalari bo’yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti.


Qisqa xulosa

Хo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish ulardagi mavjud asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan samarali foydalanish hamda ularga sarflanadigan xarajatlar, shuningdek, eskirish summalarini xarajat obyekti bo’yicha to’g’ri taqsimlash mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishidir. Jumladan, moliyaviy natijalarning ham shakllanishiga obyektiv yondashishga olib keladi.


Nazorat va muhokama uchun savollar

1.Asosiy vositalar hisobini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy hujjatlarni aytib bering?

2.Korxonalarda asosiy vositalarni turkumlashdan maqsad nima?

3.Asosiy vositalar hisobining harakati deganda nimani tushunasiz?

4.Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari nechta va ular qanday hisoblanadi?

5.Asosiy vositalarni ta’mirlash qanday amalga oshiriladi va ularning hisobi qaysi schyotlarda hisobga olinadi?

6.Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?

7.Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha moliyaviy natijalar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?

8.Nomoddiy aktivlarning turkumlanishi hisob ishlariga qanday Samara beradi?

9.Nomoddiy aktivlardan foydalanish muddati qanday aniqlanadi?

10.Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash qanday amalga oshiriladi?

11.Nomoddiy aktivlar bo’yicha moliyaviy natijalar qanday aniqlanadi?


Тavsiya etilayotgan adabiyotlar

  1. Karimov A va boshqalar. Darslik. «Sharq» NMAKBТ. Т. 2004, -591bet.

  2. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.: Финансы и статистика, 2004

  3. Гусева Г.Н.,Шеина Г.Н. Основы бух. Учёта: теория, практика,тесты. Учебное пособие - М.: Финансы и статистика, 2004

Internet saytlari

http:// www. accounting. rut gars. edu

http:// www. buhgalteria. com. ua

http:// www. 1c. ru



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə