O’zbekiston respublikasi


Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə59/63
tarix08.11.2018
ölçüsü2,41 Mb.
#79111
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

12.2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish

Moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha:



  • ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo’yiladi;

  • 5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o’tkaziladi;

  • 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig’indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks ettiriladi;

  • jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.

Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2- qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi.

Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schyot bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1- kuniga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal - orderlardan olib yoziladi.

Jurnal - orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal - orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi.

Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi.



12.3. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi

Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur.

Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo’qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to’lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo’llaniladi.

Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyatning yo’nalishi to’g’risidagi ma’ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha reja bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarini natijalari va istiqbollari va shu kabilar. Тushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan.43

Balansga asosan korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat ko’rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin.

Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to’lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:



Korxona mutlaq to’lov qobiliyati = Pul mablag’lari / Korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari

Bu ko’rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo’lmasligi kerak. Shu yo’l bilan hisoblab chiqilgan koeffitsiyent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko’rsatadi.

Balans ma’lumotlari bo’yicha korxonaning sof aylanma mablag’lari yoki kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi.


Sof aylanma mablag’lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa muddatli majburiyatlar.
Sof aylanma mablag’lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o’z qarzini to’lagandan so’ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma mablag’lari yoki kapitalining koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital
Bu koeffitsiyent bir so’mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to’g’ri kelishini ta’riflaydi. Bunday ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish bo’yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi.

Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona kapitalining tuzilishi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.

Kapitalning tuzilishi ko’rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo’yilmalar qo’ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to’lash qobiliyatini aks ettiradi.

Mulk koeffitsiyenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsiyenti) quyidagicha topiladi:


Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati
Bu koeffitsiyent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. U korxona egalarining korxonaga qo’yilgan mablag’lari umumiy summasidagi ulushini ko’rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik korxona moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo’ladi va tashqi kreditorlarga qaram bo’lmaydi.

Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:


Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital
Ushbu koeffitsiyent 0,5 dan kam bo’lishi, lekin ko’p bo’lsa, 1 dan oshmasligi kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi va uning o’sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan mablag’lar ulushini ko’payib borayotganini ko’rsatadi.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə