O’zbekiston respublikasi


Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə61/63
tarix08.11.2018
ölçüsü2,41 Mb.
#79111
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

12.6. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko’rsatkichlar mavjud.

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi ko’rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko’rsatkichlar kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini ta’riflaydi.

1. Bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi:


AF = Sof foyda – imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividеndlar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar
Bu ko’rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.

2. Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga to’g’ri keladigan foydaning munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi:


BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF
Bu ko’rsatkich kompaniyaning bir so’m sof foydasiga aksionerlar necha so’m to’lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko’rsatkich 10 bo’lib, «B» kompaniyasida 8 bo’lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya sifatini afzalroq baholaydi. Bu ko’rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo’yicha baholanadi.

3. Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi:


ABQ = Aktsionеr kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar
Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga binoan bir oddiy aksiyaga to’g’ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini ko’rsatadi.

4. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko’rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:


Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati
5. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi:
Dividеnddan daromad ( haq. qiymat mе'yori) = Bir aktsiya bo’yicha dividеnd / bir aktsiyaning bozor qiymati

6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi:



AD = D + (S* - S) / S, bu yerda
D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi,

S* - sotish narxi,

S – sotib olish narxi

7. Тo’lanadigan dividendlar ulushi (ТDU) quyidagicha aniqlanadi:


TDU = Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan dividеnd / Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan sof foyda
Bu ko’rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va «yomon» darajasi bo’lmaydi. Lekin buning umumiy ko’rsatkichi 1 dan oshmasligi kerak. Bu demak kompaniya dividend to’lash uchun yetarli darajada foyda olganligini ko’rsatadi. Agar bu ko’rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanganmaganligini yoki zaxira kapitalidan qarz olganligini ko’rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki ular kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to’lanadi.
Qisqa xulosa

Moliyaviy hisobot -xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulotlarini sotish, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etirishdir.



Shuningdek, ushbu hisobotni tuzish tamoyillarini, uni taqdim etish tartibi to’g’risida nazariy hamda amaliy ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berilgan.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Moliyaviy hisobotning yangi mazmuni qachon tasdiqlandi va o’zgarishlar nimadan iborat?

  2. Hisobot tuzishdan oldin qanday hisob ishlari bajariladi?

  3. Jurnal-order ma’lumotlarini Bosh daftarga yozish tartibi qanday?

  4. Balans axborotlarining xo’jalik faoliyatini tahlil qilishdagi roli.

  5. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning 4 va 5-ustunlarida nimalar aks ettiriladi?

  6. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning 11 va 12-ustunlarining summalari qanday aniqlanadi?

  7. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibiga nimalar kiradi?

  8. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotdan foydalanish qanday imkoniyatlarni beradi?

  9. Chet el valutasidagi pul mablag’larining harakati to’g’risida qanday ma’lumotlar keltirilgan?

  10. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotga asosan quyidagilar qanday topiladi: bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda; bir aksiyaning balans qiymati; aksiyaning daromadliligi.


Тavsiya etilayotgan adabiyotlar

  1. Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни. 1996 йил 30 август.

  2. Сотволдиев А. Замонавий бухгалтерия ҳисоби. 3-том. -Т., 2004.

  3. Каримов А ва бошқалар. Дарслик. «Шарқ» НМАКБТ. -Т., 2004, -591бет.

  4. Бобожонов А., Жуманиёзов К. Молиявий ҳисоб. -Т., «Молия» нашриёти, 2002, -672 бет.



Izohli atamalar



Aksept (lat. acckeptuk - kabul kilingan) - belgilangan sharoit buyicha shartnoma tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitobda aksept xaridorning mol yetkazib beruvchi takdim qilgan hisobini tulashga rozilik bildiradi.

Akseptlash (lat. acceptare - qabul qilish) - to’lov hisobini qabul qilish, mol yetkazib beruvchi schyotiga tulovni utkazishga rozilik berish.

Barter - pul emas, balki tovar kurinishida bo’lgan o’zaro xo’jalik munosabatlari.

Birja bahosi - birja savdosi orqali sotilayotgan tovarlar bahosi bo’lib, tegishli tovar bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan ma’lumotlarning muhim va ishonchli manbai hisoblanadi.

Bonifikatsiya (fr. bonifico - yaxshilayman) - agar shartnomada belgilanganidan tovarning sifati yukori bulsa, shu shartnomaga asosan, ushbu tovarning bahosiga ustama. Тeskari bonifikatsiya (refaksiya) - shartnomada kelishganidan tovar sifati past bulsa, shu tovar bahosidan chegirma.

Brutto (ital. brutto-kupol) - tovarlarning idishi yoki urovi bilan birgalikdagi ogirligi. Тovarlarning bunday ogirligi ba’zi hollarda zarur bo’lsada, lekin tovarning sof ogirligi haqida aniq ma’lumot berolmaydi. Buning uchun tovarning sof ogirligi (netto)ni aniqlash lozim.

Valuta kursi - bir valutani ikkinchisiga almashtirishdagi nisbat. Rivojlangan davlatlardagi valuta kurslari dollarga nisbatan shu davlatlar xukumati tomonidan belgilanmay, balki xalkaro valuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chikib stixiyali ravishda vujudga keladi.

Vasika diskonti - vasiqa hisobi - ularning muddati tugagunga qadar vasifalarning bank tomonidan sotib olinishi.

Depozit foizi - tijorat bankining mijoz jamgarmasidan foydalanganlik uchun tulaydigan foizi.

Investitsiya - so’zi nemischa inveêtition, lotincha inveêtio suzlaridan olingan bo’lib, u kapitalni uzoq muddatli qo’yilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa tarmoklarga sarf etiladigan xarajatlar summasidir.

Investor - mablagini moliyaviy qo’yilma sifatida foyda olish maqsadida sarflovchi shaxs.

Inventar kartochkalar - asosiy vositalar (fondlar)ning hisobi uchun muljallangan hisob registrining shaklidir.

Kalkulatsiya (lat. calculatio - hisoblash) - bajarilgan ish, tayyorlangan mahsulot, qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini aniqlash, xarajatlarini guruxlash usuli.

Kassa kitobi - korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini yuritishiga muljallangan hisob registrlaridir.

Nominal - qimmatbaho qogozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlangich qiymati.

Nou-Хau - (inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy, tijorat, tashkiliy bilimlar.

Oferdraf - mijoz joriy hisob varagining salbiy qoldigi bo’lib, bank krediti bilan qoplash.

Prolongatsiya - kelishuv, shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.

Rentabellik - ishlab chiqarish samaradorligining ko’rsatkichi bo’lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablaglarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlash.

Refaksiya - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida belgilanganidan past bo’lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar ogirligiga nisbatan chegirma; ko’p miqdorda yuk mavjud bo’lgan maxsus kelishuvda yuk jo’natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma hisoblanadi.

Baholovchi va nazorat ma’lumotlarni shakllantirish – boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish uchun ishlov berish, bo’linmalarning faoliyatini nazorat qilish va ularni baholash uchun ushbu axborotlardan foydalanish tadbirlarining majmuasi.

Bashorat qilinadigan sarflar – zaxiralarga investitsiya qilish.

Bilvosita xarajatlar – xarajat markazlariga to’g’ridan- to’g’ri olib borishning iqtisodiy imkoniyati bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar (i.u.x) tegishli xarajat markazlariga subyektning hisob siyosatida qabul qilingan usuliga asosan taqsim qilinadi. Bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar.

Bilvosita xarajatlarni taqsimlash asosi – bilvosita xarajatlarni yig’uvchi obyektlarga taqsimlash uchun asos qilib olingan ko’rsatkich. Misol: bevosita mehnat haqi, asosiy vositalarning eskirishi va hokazo.

Bilvosita (egri) xarajatlarni taqsimlash darajasi – kalkulyatsiya obyektlari o’rtasida bilvosita xarajatlarni oldindan taqsimlash imkoniyatini yaratadigan va subyektning hisob siyosatida ko’rsatilgan oldindan hisoblangan me’yoriy daraja.

Buyurtma nuqtasi – ТMZ keyingi guruhiga buyurtma berishni aniqlashga yordam beradigan ombordagi mavjud va buyurtma berilgan ТMZ summasining past nuqtasi.

Bosh (general) budjet – subyektning hamma faoliyatini qamrab olgan moliyaviy xujjat.

Budjet – rejaning miqdorda aks ettirilishi, uning bajarilishi ustidan nazorat qilish vositasi va tartibga solish usuli.

Boshqaruv bosqichi–tegishli vaqt oralig’ida boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun bajarilayotgan tadbirlarning majmuasi.

Budjet (smeta)–amaliyotda tegishli davr ichida olinadigan daromad va sarflanadigan xarajatlarning rejalashtiriladigan miqdorini ko’rsatadigan va ushbu maqsadlarga erishish uchun jalb qilinadigan kapitalning miqdorini belgilaydigan, ma’lum davr uchun tayyorlangan va qabul qilingan pul ko’rinishidagi miqdor rejadir. Javobgarlik markazlarining ushbu rejalarni bajarishini baholashda asos bo’lib xizmat qiladi.

Budjetlashtirish – subyekt va uning bo’linmalarining faoliya-tini boshqarish usuli.

Vertikal tahlil – har bir ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga chiqishning umumiy hajmidagi ularning o’zgarishini o’rganish.

Gorizontal tahlil – o’tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.

Grafik (chizma) usuli – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini tuzish uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lishi.

Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) – mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlaridan tashkil topgan.

Degressiv xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni xarajatlarning o’sish darajasi subyektning ishbilarmonlik faolligining o’sishidan ortda qoladi.

Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – bevosita xarajatlarni ishlab chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo’yicha umumlashtiradigan boshqaruv hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to’liq bo’lmagan tannarxini kalkulatsiya qilish usuli bo’lib ushbu usulni qo’llaganda mahsulotning tannarxiga faqat o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.

Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo’llash orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi tushu-mining miqdorini hisoblash.

Diskontlangan xarajatlar – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsiyenti orqali aniqlangan kapital quyilmalar bo’yicha taxmin qilinadigan xarajatlar.

Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – xo’jalik yurituvchi subyektning nol darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati. Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko’rilmaydi.

Zararsizlikning tahlili – subyekt faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlashga yordam beruvchi qisqa muddat ichida olinadigan daromad, xarajatlar va foydalarning o’zaro qaramligiga asoslangan tahlil.

Zahiralarni asrash uchun sarflangan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish va ularni saqlash bilan bog’liq xarajatlar.

Zaxiralarni baholash – tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulot va ТMZ tannarxini hisoblash.

Zaxiralarga bo’lgan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni so-tib olish, saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog’liq xarajat, sarf va zararlarning yig’indisi.

Zaxira sig’imisiz xarajatlar – tijorat, sotish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari. Ushbu xarajatlar ТMZ bevosita ta’sir qilmaydi va ishlab chiqarish tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shilmaydi.

Iqtisodiy samara – ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chi-qarishdagi natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.

Inkroment xarajatlar va daromadlar – qo’shimcha mahsulot guruhini ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo’shimcha xarajatlar va daromadlar .

Ishbilarmonlik faoliyatining segmenti – subyektning ayrim faoliyat turi, mahsulot turi bo’limi, bozor manzili va hokazo.

Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish usuli – ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning birligini tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan xarajatlarni hujjatlashtirish va aks ettirish usullarining yig’indisi. Хarajat obyektlari bo’yicha – jarayonlar, ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to’liqligi bo’yicha – to’liq va to’liq bo’lmagan tannarxni kalkulatsiya qilish va tezkorligi bo’yicha – haqiqiy.

Kapitallashtirish darajasi – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan hajmining aktivlar qiymatiga bog’liqlik da-rajasini o’rnatadigan koeffitsiyent.

Kassaning umumlashtirilgan smetasi – budjetlashtirish tizimidagi ishlab chiqarish muomalalariga to’g’ri keladigan ma’lum vaqtda kassadagi naqd pullarni hisoblash.

Keltirilgan (diskontlangan) sof qiymat – boshlang’ich investisiya xarajatlari summasiga kamaytirilgan, diskontlangan qiymat.

Qayishqoq budjet – xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatining bir necha darajasini ko’zlab tuzilgan budjet.

Qaytarilmaydigan sarflar – ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida sodir bo’lgan oldingi davr xarajatlari.

Qayta tiklanadigan zaxiralar – to’liq ishlov berish natijasida tiklanadigan xomashyo va materiallar.

Qaytarilmaydigan xarajatlar – boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish mumkin bo’lmagan xarajatlar.

Kiritiladigan xarajatlar – kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va mavjud bo’lgan resurslar.

Qoplashning ichki koeffitsiyenti – kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati nolga teng bo’lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish va xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko’rinishida keltirilishi mumkin.

Marjinal xarajatlar va daromadlar – ishlab chiqarilgan bir-lik mahsulotga tegishli qo’shimcha xarajatlar va daromadlar.

Marjinal daromad – “Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo’llashda ushbu mahsulotni sotishdan olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlarni qo’shgan holda hisoblangan mahsulotning tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa.

Marjinal daromad usuli – mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o’zgaruvchan xarajatlarning farqiga asoslangan tenglik usulining turi.

Mahsulotning marjinalligi – olingan daromad (baho) nisbatan foiz ko’rinishidagi bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan marjinal daromadning jarajasi.

Mas’uliyat markazi – ish faoliyati natijasi uchun rahbari javob beradigan tegishli subyektning tarkibiy bo’linmalari.

Me’yorlashtirish – ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan muqobil me’yorlar va me’yorlashtirishning ilmiy asoslangan hisoblarning jarayoni.

Me’yorlashtirilgan to’g’ri mehnat xarajatlari – me’yorlashtirilgan mehnat vaqtini birlik mahsulot miqdoriga ko’paytirish natijasida olingan miqdor. Ushbu miqdor me’yor darajasiga ko’paytirish yo’li bilan ham topiladi. Ushbu to’g’ri xarajatlar mahsulotlarning aniq bir turini ishlab chiqarish natijasida ruyobga chiqadi va uning tannarxiga to’g’ridanto’g’ri qo’shiladi.

Me’yoriy xarajatlar – bir qator chegaralanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda va subyektning kelgusidagi faoliyatiga yo’naltiradigan xarajatlarning ilmiy asoslangan darajasi.

Me’yorlashtirilgan umumiy mehnat sarflari – hisobot davri mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoridan va birlik tayyor mahsulotga to’g’ri keladigan me’yorlashtirilgan mehnat sarflaridan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ko’rsatkich.

Moliyaviy budjet – kapital quyilmalar budjetini, pul mablag’lari budjetini va bashorat qilinadigan balansni o’zida mujassamlashtirgan bosh budjetning bir qismi.

Muqobillashtirish (optimallashtirish) – topshirilgan chegaraga to’g’ri keladigan muqobillikni topish jarayoni.

Muqobil standartlar – iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi o’rtacha bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.

Mutanosib xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subyektning ishbilarmonlik faolligi o’zgarsa o’zgarib turadigan xarajatlar.

Muhofaza muddatini uzaytirish – birlik mahsulot uchun zarur bo’lgan ТMZ o’zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo’lgan muddat.

Nazorat - hisob nuqtasi – o’zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo’yicha tugallanmagan mahsulotning joyini aniqlash.

Progressiv xarajatlar – subyektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan tezroq o’sadigan xarajatlar.

Relevant xarajatlar – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda e’tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan bog’liq kelgusidagi xarajatlar.

Samarali xarajatlar – tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar.

Samarasiz xarajatlar – ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan ya’ni ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.

SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – xo’jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat yaratadigan konsepsiya. Har Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab chiqishni taqozo qiladi.

Segmentlar bo’yicha hisobot – xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining ayrim segmentlari (sexlar, bo’limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) bo’yicha hisobot.

Standart kost (Standard Costs) – hamma xarajatlarni qattiq me’yorlashtirgan va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Хarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari, xarajat moddalari bo’yicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o’rnatish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan me’yoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilish usuliga o’xshaydi.

Smeta – subyektning ma’muriyati tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarish yuzasidan tuzilgan moliyaviy reja.

Тashkiliy strategiya – bo’linmalarning oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni haqiqatda bajarish uchun boshqaruvchilar tomonidan xodimlarga ta’sir qiluvchi nazorat quroli.

Тenglik usuli – tasdiqlangan formula bo’yicha hisoblangan sof foyda yordamida chegara nuqtasini aniqlash usuli.

Тexnikaviy – iqtisodiy rejalashtirish – tegishli yil uchun smeta va budjetni, uzoq muddatga subyektni hamma tomonlama rivojlantirishni nazarda tutgan rejani ishlab chiqish.

Тransfert baho – ishlab chiqarish bo’linmalari yoki ma’suliyat markazlari o’rtasida ko’rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o’rnatilgan baho. Тransfert baholarni o’rnatish ayrim bo’lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan subyektlarning bo’linmalari o’rtasida o’rnatiladi.

Тrendli tahlil – bir necha hisobot davrlari ichidagi o’zgarishlarning harakatini o’rganish.

Umumlashtirilgan moliyaviy smeta (budjet) – daromadlar va sarflar yig’ilgan shaklda keltirilgan naqd pul mablag’larining harakati hisoblangan va balansi aks ettirilgan yig’ma hujjat.

Umumlashtirilgan smeta – foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotning loyihasi.

Хarajatning bahosi – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga asoslangan baho. Ushbu baho rentabellik bo’sag’asini o’rnatish uchun qo’llaniladi.

Хarajatlarni baholash usuli – xarajatlarning tarkibi “har xil maqsadlar uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. Ya’ni, muqobil xarajatlar, me’yoriy xarajatlar va qisman xarajatlarning hajmiga asosan hisoblangan to’liq tannarx.

Hisoblangan bosqich – ТMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig’i.

Hisoblangan koeffitsiyent – ТMZ quyilgan kapital summasining o’zgarishi natijasida har yillik zaxiralarga sarflanadigan xarajatlarning summasini baholash maqsadida guruhning tejamli hajmini hisoblash va muhofaza zaxirasining muqobil o’sishini ta’minlash uchun foydalaniladigan formula natijasida aniqlangan ko’rsatkich.

Chegaraviy (o’lik) nuqta – subyektning sarflagan xarajatlarini mahsulotni sotgandan olgan daromadi hisobidan qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi.

Chegaradagi xarajatlar (daromadlar) – qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotning birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha xarajatlar (daromadlar).

Faoliyatning natijasi – “xarajatlar-daromadlarnomli iqtisodiy ko’rsatkichni o’lchash natijasida olinadigan samara ko’rsatkichi.

Foyda indeksi – pul mablag’larining joriy kirimining investitsiya hajmiga nisbati bo’yicha investitsiya loyihasining jalb qilinishini tavsiflovchi nisbiy ko’rsatkich.

Yalpi foydaning grafigi (chizmasi) – ishlab chiqarishning ma’qul holatida foyda va zararlarning hududi (miqyosi)ni aks ettiradigan grafik (chizma).



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə