80
Bu bosqichni tushuntirish uchun qisqa tabiiy ishqoriy metallar, galogenlar va inert elementlar
xarakteristikalari kiritiladi. Elementlar atom massalari og'irligini oshishi bo'yicha joylashtirilgach, ular
tartib bilan nomerlanadi va tartib nomerlarining fizikoviy ma'nosini anglatadi. Ayrim elementlarning
nisbiy atom massalarining og'irliklarining nisbatan buzilishiga qarab chiqilgach,
izotoplar qarab
chiqiladi. Faqat shundan keyin davriy jadval strukturasi davriy qonunning grafik tuzilishi orqali
o'rgatiladi. Shundan keyin hamma davriy jadvaldagi qonuniyatlar atomlarning tuzilishi nazariyasi
orqali o'rganiladi.
Davriy jadvaldan foydalanib, o'quvchilar elementlar va oddiy moddalar xossalarini o'zaro
solishtiradilar, yuqori oksidlar va gidrooksidlar formulalar
tuza ola boshlaydilar, ularning xossalarini
bashorat qiladilar, uchuvchan vodorodli birikmalarining formulalarini tuzadilar, hamda davriy jadvalga
asoslanib genetik reaksiyalar tenglamalari yozilishi mumkin.
Bilimi mustahkam bo'lgan o'quvchilar mustaqil ish vaqtida dasturlashgan qo'llanmalarni ham
yecha boshlaydilar. Davriy qonunni yaxshi o'zlashtirish uchun har xil qiziqarli masalalar bashorat
etuvchi xarakterli masalalar ham taklif etiladi.
Dostları ilə paylaş: