83
Bunda o'qituvchiga quyidagi metodikani taklif qilish mumkin:
1. Kimyoviy reaksiyaning tabiatdagi roli, kishi hayotidagi hamda ishlash jarayonidagi roli.
2. Kishilar tomonidan kimyoviy o'zgarishlarni o'rganilishi va asta-
sekinlik bilan kimyoviy
reaksiyalar haqidagi bilimlarini mukammallashlari, tashqi o'zgarishlarini kuzatishdan uning mohiyatini
baholashga o'tishi.
3. Kimyoviy reaksiyalar mohiyati va tashqi ko'rinishi orasidagi bilimlarni chuqurlatilishi.
Kimyoviy reaksiyalarning fizik hodisalar bilan o'xshashligi va farqini o'quvchilarga kichik
ma'ruza qildirib o'rgatish mumkin (o'quvchilarga 7 sinfda tuzgan jadvallarini eslatish kerak).
Birikish reaksiyalarini o'rgatishda o'quvchilar oldida quyidagi savol qo'yiladi:bromvodorod bilan
reaksiya vaqtida etilen molekulasi shakli o'zgaradimi?Bunda o'quvchilarga reaksiya mahsuloti olingan
moddalarning birini shakli o'zgarganini aytiladi. Bunda shakl o'zgarishi kattadir,
tekislikda yotgan
etilen molekulasi hajmli fazoviy etanga o'xshash molekulaga aylanadi. Agar shunda metanni xlorlash
reaksiyasiga qaytilganda o'quvchilar tetraedrik metan molekulasi avval erkin radikal metilga
aylanishini u esa tekislikda yotgan tuzilishli ekanligini, oxirida xlormetanda yana fazoviy tuzilish faqat
radikal xlorga qarab siljishini eslaydilar.
Radikal va ionli mexanizmli kimyoviy reaksiyalarga o'ninchi sinfda bir qator yangi bilimlar
bilan to'ldiriladi bunda xlor bilan etan orasidagi radikal mexanizmli reaksiya,
etilen bilan stirolning
polimerlanishi reaksiyasi, etilenning brom bilan ionli mexanizmli reaksiyasi, buten-2 va buten-1
larning bromvodorod bilan reaksiyasi, hamda boshqa sinfga kiruvchi organik moddalar bilan boradigan
ayrim reaksiyalar misolida bilim mukammalashtiriladi.
Kimyo kursining tegishli o'rinlarida o'quvchilar bilimlarini mustaxkamlash
uchun quyidagi
savol va mashqlar taklif etilishi mumkin:
1. Etan va xlor orasidagi reaksiya mexanizmini qarab chiq'ing. Metan va xlor orasidagi reaksiyaga
o'xshash tomonlarini ko'rsating.
2. Etan va xlor orasidagi reaksiyalarda hosil bo'luvchi q'aysi erkin radikallar hosil bo'ladi? Bu o'zaro
ta'sirlarning asosiy bosqichlarini ko'rsating.
3. Bunday jarayonlarda erkin radikal rollari qanday, stirol polimerizaziyasida,
polimer zanjirining
uzayishi va zanjir uzilishi?
4. Buten-2 va bromvodorodlar ion mexanizmli reaksiyalari. Bu ta'sirlanish asosiy bosq'ichlari ularni
tushuntiring.
5. Propinga vodorod galogenid birikish natijasida 2-xlorpropen-2 hosil bo'lish mexanizmini
tushuntiring? Propin molekulasi o'zgarishini yozing?
Shu savollarning javoblarini ayrim ayrim qarab chiqamiz. Xlor bilan etan orasidagi reaksiyani
qarayotganida o'quvchilar quyidagi tenglamalarni yozishlari mumkin:
Dostları ilə paylaş: