87
18- MAVZU.
ATOMLAR TUZILISHI QONUNIYATLARIGA ASOSAN D. I. MENDELEYEV
DAVRIY QONUNI VA KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY JADVALI
Bu mavzu o'n birinchi sinf dasturida besh dars davomida o'tqazilishi kerak, ularni quyidagi
mavzu darslariga bo'lish mumkin:
1. Energetik pog'onalar bo'yicha elektronlar taqsimlanishi. Atomlardagi
elektronlar holati
tavsifi.
2. Elektron qavatlar va qavatchalarda s-, p- va d-elektronlar taqsimlanishi.
3. Vodorod, lantanoidlar, aktinoidlar va sun'iy olingan elementlarning davriy jadvaldagi o'rni.
4. Valentlik. elementlar va ularning birikmalarining xossalarining davriy o'zgarishi.
5. Tabiat qonunlarini tushunishda, fan rivojlanishida davriy qonunning ahamiyati.
Mavzuni boshlashdan oldin o'quvchilarga "D. I. Mendeleyev davriy qonuni" kinofil'mi yoki
diafil'mini ko'rsatish foydalidir. Suhbat o'tqazib davriy qonun va atom tuzilishi
qonunlari orasidagi
bog'lanishlarni ko'rsatish kerak. Kodoskop yordamida ekranda orbitallar, atomdagi elektron
holatlari: a) bosh kvant sonlari; b) orbital' kvant sonlari; v)
magnit kvant sonlari; g) spin kvant sonlari
ko'rsatilib, o'qituvchi mavzuni ma'ruza uslubida o'tqazishi kerak.
O'quvchilarga orbitallar (Hund katakchasi) tushunchalari berayotganda elektronlar o'ta kichik
o'lchamli bo'lishi uchun uning tez harakati va o'rnini faqat matematik hisoblar bilan aniqlash
mumkindir. Elektron orbitalda ayrim elektronlar harakati
bir biridan farq qilmaydi, lekin energiya
zapas bo'yicha farqlanadi, buni kvant sonlari orqali bilish mumkin. Bosh kvant soni p harfi bilan
belgilanadi. Bunda elektron energiyasining umumiy zapasi yoki uning energetik pog'onasi
harakterlanadi. Qancha elektron energiya zapasi ko'p bo'lsa, shuncha uning orbitali ham katta bo'ladi.
Olingan element atomi elektron qavati energetik pog'onalar soni davr nomeriga tengdir va elektronlar
maksimal soni 2n
2
formula orqali aniqlanadi. Shu vaqtda bilimni
mustahkamlash uchun har xil
davrlardan elementlar tanlab, bosh kvant soni, undagi maksimal elektronlar soni topishni o'rgatish
kerakdir. Orbital kvant soni l harfi bilan belgilanadi bunda shu elektron pog'onadagi yoki
pog'onachadagi elektronlarni har xil zahira energiyasi harakterlaydi va orbital shaklini belgilaydi.
Birinchi energetik pog'onada bitta yarim pog'ona mavjud va u s harfi bilan belgilanadi. Bunda s
elektron sharsimon orbital shaklida harakat qiladi. Ikkinchi energetik pog'onada ikkita yarim pog'onalar
s
va p-mavjuddir, p-yarimpog'onadagi elektronlar harakat orbitali hajmli sakkiz (gantel) shakliga
egadir. Uchinchi energetik pog'onada uchta yarim pog'onalar s-, p-, d- va f-mavjuddir va xokazo. d- va
f- va keyingilari murakkab shaklga egadirlar.
Magnit kvant soni m orqali 1 ko'rsatiladi. Maydon ichida harakat qiluvchi elektronlar magnit
maydonini hosil qiladi o'zaro ta'sir fazodagi orbitallar yo'nalishlarini belgilaydi,
s-orbital s-
yarimpog'onada bitta orbitaga ega p-orbitallar o'zaro perpendikulyar uchta orbitalni p-yarim pog'onada
egallaydi, d-orbitallar fazoda besh xil joylanishi mumkin (d-yarim pog'onada besh orbitallar). f-
yarimpog'onada yettita orbitallar mavjud va xokazo arifmetik progressiya bo'yicha. Buni grafik holatda
yozish mumkin:
s
p
d
f
Spin kvant soni m orqali belgilanadi, elektronning o'z o'qi atrofi s da aylanish yo'nalishini
belgilaydi. Bitta orbitasida faqat ikkita elektron har xil spin kvant soniga ega bo'lganda harakat qilishi
mumkin. Demak s-yarim pog'onada ikkita qarama- qarshi yo'nalgan strelkalar orqali yoziladi. p-yarim
pog'onadan boshlab avval bittadan har bir orbitalda joylashadi, bo'sh orbital bo'lmagan juft elektronlar
joylasha boshlaydi. Masalan p-yarimpog'onada ikkita elektron harakat qilsa u yarimpog'ona
orbital quyidagicha to'ldiriladi:
Agar shu yarimpog'onada beshta elektron harakat qilsa unda quyidagi holat bo'ladi:
Agar d yarimpog'onada 5 elektron harakat qilsa unda orbitallar yarimpog'onada quyidagicha
to'ladi: