O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə82/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

Tayanch iboralar: 
Seminarlar, ma’ruzalar, o’yinli darslar, radikal va ionli reaksiyalar, mexanizm. Etan va xlor,
stirol, polimerizatsiya, buten-2 va vodorod bromis, kataliz, katalizator.
Tekshiruv savollari: 
1. Organik kimyoning anorganik kimyodan farqli tomonlari.
2. qonuniyatlar, reaksiyalar va mexanizmlar haqida gapiring.
3. Radikal va ionli mexanizmli reaksiyalarga misollar keltiring.
Adabiyotlar: 
1. I.N.Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966 y.
2. Yosh ximik ensiklopedic lugat. N. 1990 y.
3. M.F.Nishonov, A.Rustamova, R.N.Nishonova. Kimyodan test sinovlari. F.1992 y.
4. V.M.Potapov, I.N.Chertkov. Organik ximiyadan o’z bilimini tekshirish. T. 1969 y.
5. Yu.V.Pletner, V.S.Polosin. Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum. N. 1981 y.

87
18- MAVZU.


ATOMLAR TUZILISHI QONUNIYATLARIGA ASOSAN D. I. MENDELEYEV 
DAVRIY QONUNI VA KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY JADVALI 
Bu mavzu o'n birinchi sinf dasturida besh dars davomida o'tqazilishi kerak, ularni quyidagi
mavzu darslariga bo'lish mumkin:
1. Energetik pog'onalar bo'yicha elektronlar taqsimlanishi. Atomlardagi elektronlar holati
tavsifi.
2. Elektron qavatlar va qavatchalarda s-, p- va d-elektronlar taqsimlanishi.
3. Vodorod, lantanoidlar, aktinoidlar va sun'iy olingan elementlarning davriy jadvaldagi o'rni.
4. Valentlik. elementlar va ularning birikmalarining xossalarining davriy o'zgarishi.
5. Tabiat qonunlarini tushunishda, fan rivojlanishida davriy qonunning ahamiyati.
Mavzuni boshlashdan oldin o'quvchilarga "D. I. Mendeleyev davriy qonuni" kinofil'mi yoki
diafil'mini ko'rsatish foydalidir. Suhbat o'tqazib davriy qonun va atom tuzilishi qonunlari orasidagi
bog'lanishlarni ko'rsatish kerak. Kodoskop yordamida ekranda orbitallar, atomdagi elektron
holatlari: a) bosh kvant sonlari; b) orbital' kvant sonlari; v) magnit kvant sonlari; g) spin kvant sonlari
ko'rsatilib, o'qituvchi mavzuni ma'ruza uslubida o'tqazishi kerak.
O'quvchilarga orbitallar (Hund katakchasi) tushunchalari berayotganda elektronlar o'ta kichik
o'lchamli bo'lishi uchun uning tez harakati va o'rnini faqat matematik hisoblar bilan aniqlash
mumkindir. Elektron orbitalda ayrim elektronlar harakati bir biridan farq qilmaydi, lekin energiya
zapas bo'yicha farqlanadi, buni kvant sonlari orqali bilish mumkin. Bosh kvant soni p harfi bilan
belgilanadi. Bunda elektron energiyasining umumiy zapasi yoki uning energetik pog'onasi
harakterlanadi. Qancha elektron energiya zapasi ko'p bo'lsa, shuncha uning orbitali ham katta bo'ladi.
Olingan element atomi elektron qavati energetik pog'onalar soni davr nomeriga tengdir va elektronlar
maksimal soni 2n
2
formula orqali aniqlanadi. Shu vaqtda bilimni mustahkamlash uchun har xil
davrlardan elementlar tanlab, bosh kvant soni, undagi maksimal elektronlar soni topishni o'rgatish
kerakdir. Orbital kvant soni l harfi bilan belgilanadi bunda shu elektron pog'onadagi yoki
pog'onachadagi elektronlarni har xil zahira energiyasi harakterlaydi va orbital shaklini belgilaydi.
Birinchi energetik pog'onada bitta yarim pog'ona mavjud va u s harfi bilan belgilanadi. Bunda s
elektron sharsimon orbital shaklida harakat qiladi. Ikkinchi energetik pog'onada ikkita yarim pog'onalar
s va p-mavjuddir, p-yarimpog'onadagi elektronlar harakat orbitali hajmli sakkiz (gantel) shakliga
egadir. Uchinchi energetik pog'onada uchta yarim pog'onalar s-, p-, d- va f-mavjuddir va xokazo. d- va
f- va keyingilari murakkab shaklga egadirlar.
Magnit kvant soni m orqali 1 ko'rsatiladi. Maydon ichida harakat qiluvchi elektronlar magnit
maydonini hosil qiladi o'zaro ta'sir fazodagi orbitallar yo'nalishlarini belgilaydi, s-orbital s-
yarimpog'onada bitta orbitaga ega p-orbitallar o'zaro perpendikulyar uchta orbitalni p-yarim pog'onada
egallaydi, d-orbitallar fazoda besh xil joylanishi mumkin (d-yarim pog'onada besh orbitallar). f-
yarimpog'onada yettita orbitallar mavjud va xokazo arifmetik progressiya bo'yicha. Buni grafik holatda
yozish mumkin:
s
p
d
f
Spin kvant soni m orqali belgilanadi, elektronning o'z o'qi atrofi s da aylanish yo'nalishini
belgilaydi. Bitta orbitasida faqat ikkita elektron har xil spin kvant soniga ega bo'lganda harakat qilishi
mumkin. Demak s-yarim pog'onada ikkita qarama- qarshi yo'nalgan strelkalar orqali yoziladi. p-yarim
pog'onadan boshlab avval bittadan har bir orbitalda joylashadi, bo'sh orbital bo'lmagan juft elektronlar
joylasha boshlaydi. Masalan p-yarimpog'onada ikkita elektron harakat qilsa u yarimpog'ona
orbital quyidagicha to'ldiriladi:


Agar shu yarimpog'onada beshta elektron harakat qilsa unda quyidagi holat bo'ladi:



Agar d yarimpog'onada 5 elektron harakat qilsa unda orbitallar yarimpog'onada quyidagicha
to'ladi:







88
umuman bu yarim pog'onada elektronlar eng ko'pi o'nta joylashadi







f-yarimpog'onada esa o'n to'rtta joylashadi







O'qituvchi mumkin qadar yuqoridagi orbitallar to'lishini yangi-yangi misollar bilan
tushuntirishi kerak. Shu birinchi dars oxirida o'quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish mumkin,
uning uchun kodoskop orqali quyidagi vazifalar taklif etish mumkin.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə