O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə81/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

Br
H
HBr
CH
3
- CH =CH-CH
3
+ H
+

CH
3
– CH
+
-CH
2
–CH
3
+ Br
-


CH
3
- CHBr-CH
2
–CH
3
Bu vazifani tushuntirayotganda etilenga bromvodorodning birikish sabablarini eslash kerak.
Reaksiya sharoitida bromvodorod molekulasi vodorod va brom ionlarini hosil qiladi. Brom ioniga
qaraganda vodorod ioni kimyoviy faoldir chunki unda umuman elektronlar yo'qdir. Vodorod ioni
buten-2 molekulasiga yaqinlashib pi elektroni yaqin uglerod atomiga tortiladi va shu sababli birikadi.
Qo'shni uglerod atomida bitta elektron kamayadi va manfiy zaryadlangan brom ionini biriktirib oladi.
Propinga
galogenvodorodning
birikishini
tushuntirishda
yuqoridagi
mulohazalardan
foydalanish mumkin, galogenvodorod ionlarga dissoziyalanadi:
HX = H
+
+ X
-
vodorod ioni propin molekulasiga yaq'inlashadi va pi elektronlar juftini cheka uglerod atomiga siljitadi
va shu juft hisobida birikadi unga:
CH
3
– C
+

CH + H
+

CH
3
– C
+
=CH
2
elektronlarning cheka atomga siljishining sababi metil radikalining donorlik xususiyatidandir va CH ga
elektronlarning siljishidir. Hosil bo'lgan kationga brom anioni birikadi:
CH
3
– CH
+
=CH
2
+ Br
-

CH
3
- C=CH
2


85
|


Br
O'quvchilarga kimyoviy reaksiyalar haqida ma'ruzalar ham tarqatish mumkin, agar o'quvchi
bu haqida so'zlab bo'lsa o'qituvchi kimyoviy reaksiyalar va fizikoviy hodisalar (molekulyar va yadro
hodisalari) haqida ham so'rashi kerak. O'qituvchi oxirida kimyoviy va fizikoviy hodisalar
(molekulyar holatda) kimyoviy bog'larning uzilishi sababli xossalar o'zgarishiga misollar keltiradi.
Suhbat vaqtida reaksiyalar klassifikaziyasi haqidagi bilimlarni eslatish mumkin. Bunda olimlarning har
xil yondoshishlarini ya'ni mexanizmlari bo'yicha, molekula sonlari bo'yicha, elementar kimyoviy aktlar
va xokazo.
Reaksiya turlari
Olingan modda-
lar(m) va reaksiya
mahsulotlari (p)
nisbatiga
Reaksiyada oddiy va murakkab moddalarning
kirishishiga qarab
Birikish
M > P
oddiy yoki murakkab
modda

murakkab modda
Parchalanish
M < P
murakkab modda

oddiy yoki murakkab
modda
O'rin olish
M = P
murakkab+oddiy

murakkab+oddiy
Almashinish
M = P
ikkita murakkab

ikkita murakkab
Allotropik
o'zgarish
M = P
bitta oddiy

bitta oddiy
Izomerizasiya
M = P
bitta murakkab

bitta murakkab
Suhbat vaqtida kimyoviy reaksiyalar xillari asosida ikki prinsip asoslangandir: 1)reaksiyaga
kirishuvchi moddalar miqdori va hosil bo'lgan moddalar miqdori orasidagi nisbat;
2)reaksiyada qatnashgan oddiy va murakkab moddalar. Shu reaksiyalar o'quvchilar yordamida tuzilib,
doskaga yoziladi va daftarlarga ko'chirilgach, ular bilan suhbat davom etiladi.
Oldindan tayyorlangan o'quvchi tomonidan "Organik moddalarda kimyoviy reaksiyalar
mexanizmi" ma'ruzasi eshitilgach, suhbat davom ettiriladi. O'quvchilardagi bilimlar umumlashtiriladi
bunda kimyoviy reaksiyalar tezligiga ayrim e'tibor beriladi, ya'ni:
1. Kimyoviy reaksiyalar borishida uning tezligi qanday ahamiyatga ega?
2. Kimyoviy reaksiya tezligi nima?
3. Qaysi belgilar buyicha reaksiya sekin yoki tez borayapti deb xulosa qilish mumkin?
4. Kimyoviy reaksiya tezligini nimaga bog'lash mumkin:
a) reaksiyaga kirishuvchi moddalarga;
b) ularning konzentraziyasiga;
v) sirt ta'sirlanishiga;
g) temperaturaga;
d) katalizatorga.
10 sinfda kimyoviy reaksiyalar bilimlarni umumlashtirganda kimyoviy muvozanat masalasiga
asosiy e'tibor berish kerak, hamda uni qanday sharoitda siljitish mumkinligini tushuntirish lozim. Bu
vazifa 9 sinfda o'quvchilar tomonidan Le-Shatel'e prinsipi yaxshi o'rganilgan bo'lsa foyda beradi va u
yoki bu sharoitni o'zgartirish orq'ali reaksiyalarni siljitish mumkinligini aytish mumkin. Bunda
o'quvchilar bilan suhbatda quyidagi savollarga javoblar axtariladi:
1. Kimyoviy muvozanat nima?
2. Kimyoviy muvozanat vaqtida olingan moddalarning hosil bo'ladigan moddalarga aylanishiga
qaysi faktorlar ta'siri ko'proq bo'ladi?
3. Kimyoviy muvozanatni siljitishda qaysi umumiy qoida asos bo'la oladi?
4. Qaysi sharoitlar reaksiyaga kirgan aralashmalarning kimyoviy muvozanat hosil bo'lishi
tezligiga ta'sir etadi.


86
Kataliz va katalizatorlar haqidagi bilimni umumlashtirish uchun o'qituvchi o'zi qisqacha


ma'ruza qiladi va quyidagi rejaga asoslanadi:
1. Sanoat va tabiatda katalitik protsesslarning ko'p tarqalganligi, tirik organizmlardagi
protsesslarda fermentlar roli, kishilarning amaliy hayotida katalizatorlarning qo'llanilishi, anorganik va
organik moddalar olishda, texnikada qo'llanilishi.
2. Katalizatorlar haqida tushuncha bu moddalarning oraliq reaksiyaga kiruvchi moddalar
ta'sirlashishiga va kimyoviy reaksiya aktivlanish energiyasini kamaytirishiga ta'siri?
3. Kataliz - bu faqat reaksiyani tezlatmay ayrim vaqtda reaksiya natijasida o'zgarmay qolib
modda hosil qiladigan jarayonlar.
4. Kataliz va katalizatorlarning kimyoviy o'zgarishlarning tezlashtirishida, kimyoviy
muvozanatning tezlashishida, kimyoviy reaksiyalarni ma'lum kerakli yo'lga yo'naltirishda hamda bu
reaksiyalar katalizatorsiz sodir bo'lmasligini ham aytish kerakdir.
5. Kimyoviy sanoatda katalizatorlarni optimal sharoitlarda qo'llash xaqida. Geterogen kataliz
ketayotganda mahsulot usti, temperaturasi, qo'shimchalar va reaksiyaga kiruvchi moddalarning
aktivlikga ta'siri.
Reaksiyalarning hosil bo'lish sharoitlari va shartlari kimyoni o'rganishning boshlang'ich
bosqichida qaralgandir. Endi bu muammoga har tomonlama yondoshib yaqinlashish kerakdir.
O'qituvchi o'quvchilar fikrini quyidagilarga yo'naltiradi:
1. Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari va borishi, reaksiyaga kiruvchi moddalarning
o'zaro ta'siri, energetik sharoitlar, ularni qizdirish, yorug'lik va elektr toki mexanik ta'sirlar orqali,
mexanik ta'sirlar orqali, katalizator ishtirokida.
2. Kimyoviy o'zgarishlar tezligiga ta'sir etuvchi sharoitlar, ta'sir etuvchi reagentlar
konzentratsiyasi, geterogen reaksiyalar o'zaro ta'sirlashadigan ularning sathi, temperatura, katalizator
bo'lishi yoki bo'lmasligi.
3. Kimyoviy muvozanatlarni siljitish sharoitlari, eritmada yoki gaz holatidagi aralashmalarda
reaksiyaga kiruvchi moddalar konsentratsiyasining o'zgarishi, temperatura va bosimning o'zgarishi.
Kimyoviy reaksiyalar haqidagi umumlashtirish o'quvchilar bilan kimyoviy reaksiyalarning
qonuniyatlari haqidagi suhbat bilan yakunlanadi. Ular o'zlariga ma'lum bo'lgan kimyoviy o'zgarishlar
qonuniyatlarini aytib beradilar, oxirida o'qituvchi xulosa qila turib, quyidagilarga e'tiborlarini
qaratadi. O'rganilgan qonuniyatlarda quyidagi o'zaro bog'lanishlar mavjud:
- reaksiyaga kirishuvchi moddalarning boshlang'ich va oxirgi holati (reaksiyaga kirishuvchi
moddalar energiyasi va massasining saqlanish qonuni);
- reaksiyaga kirishuvchi moddalar miqdori bilan (moddalar massalarining ma'lum nisbatlari,
gazlar o'zaro reaksiyasida hajmiy ta'sirlarining oddiyligi bilan), reaksiya borayotgan sharoitlarni
o'zgartirish bilan;
- reaksiya tezligini o'zgartirish bilan (massalar ta'siri qonuni, Vant-Goff qoidasi);
- kimyoviy muvozanatni yo'nalishini va sharoitni o'zgartirish bilan (Le-Shatel'e qoidasi).

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə