O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə83/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

1-Variant 
1. Orbital qiymatini qaysi kvant soni belgilaydi?
2. Beshinchi energetik pog'onada beshta yarimpog'onalar mavjud, beshinchi yarimpog'ona d bo'lib
unda ko'pi bilan nechta elektron joylanishi mumkin?
3. Birinchi yarimpog'onada yettita elektron bo'lsa uni sxema orqali yozing.
O'qituvchi ikkinchi darsni ma'ruza suhbat uslubida qo'llaydi. Elektronlarning pog'onalar,
yarimpog'onalar va orbitalda joylanishi ma'lum qonuniyatlar orqali borishini tushuntirish kerak. Bunda
magnit doskasi orqali pog'onalar to'lishini misollar bilan o'quvchilar yordamida bajarish kerak
(vodorod, litiy, bor, neon, natriy va oltingugurt misolida).
d-yarimpog'onanning to'ldirilishi bir davr keyin bo'lishini aytib o'tish kerak, ya'ni d-
yarimpog'onanning uchinchi energetik pog'onasi to'lishi to'rtinchi davr elementlarida bo'ladi, d-
yarimpog'onanning to'rtinchi energetik pog'ona to'lishi beshinchi davr elementlarida bo'ladi va hokazo.
Bu holatlarni yana qaytarish uchun magnit doskasida (Ca, Ti, Mn, Fe) atomlar elektron qavatlari
to'ldirilsa yomon bo'lmaydi.
f-yarimpog'ona to'ldirilishi ikkita davrga kech keladi. Masalan f-yarimpog'ona to'rtinchi
energetik pog'onada oltinchi davr elementlarida to'ldiriladi. Shunga o'xshab f-yarimpog'ona beshinchi
energetik pog'onasi yettinchi davr elementlarida to'ldiriladi. Shu vaqtda quyidagi jadval ekranda
ko'rsatilsa yaxshi bo'ladi:
Energetik pog'ona va yarimpog'onalarning elektronlar bilan to'lish tartibi 
Element joylashgan davr
Quyidagi tartibda yarimpog’onalar to’ldiriladi
s
f
D
P
I
(1)K
-
-
-
II
(2)L
-
-
(2)L
III
(3)M
-
-
(3)M
IV
(4)N
-
(3)M
(4)N
V
(5)O
-
(4)N
(5)O
VI
(6)P
(4)N
(5)O
(6)P
VII
(7)Q
(5)O
(6)P
(7)Q
O'qituvchi yordamida o'quvchilar quyidagi sxemani to'ldirsa yomon bo'lmaydi.
1s
1-davr
2s2p
3s3p
4s3d4p
5s4d5p
6s4f5d6p
2-davr
3-davr
4-davr
5-davr
6-davr
Elektron qavatlari to'layotganda s - yarimpog'ona to'lsa ularni s - elementlar deyiladi va unga 1
va 2 davrlarning asosiy guruhlari kiradi. 6-8 guruh elementlariga r-elementlar deyiladi. 1-8 guruhdagi
qo'shimcha guruhdagi elementlarga d-elementlar deyiladi. Bu dars oxirida ham mustaqil ish qilish
mumkin unda quyidagi variantlar taklif etiladi:


89
a) tartib raqami 12, 32, 43 bo'lgan element atomlarining elektron qavati tuzilishi sxemasini va


elektron formulasini yozing.
b)bu elementlarning har biri qaysi guruh elementlariga (s-, p- eki d-)ga o'xshaydi. Agar bir
nechta variant bo'lsa o'quvchilar bir-biriga ishlagan daftarlarini berib tekshirishlari mumkin, o'qituvchi
esa xatolarni tushuntiradi.
Uchinchi darsni o'tayotganda uy vazifalari tekshirilgach o'quvchilarning to'rttasiga
kartochkalar tarqatiladi ular javoblarini yozayotganda qolgan o'quvchilar bilan frontal suhbat
o'tqaziladi, buning uchun o'qituvchi oldindan o'ntaga yaqin savollarni tayyorlab qo'yishi kerak.
Suhbatlarni tugatgach o'quvchilarga davriy jadvalda vodorodning ikkita kataklarda joylanishini
ko'rsatadi. Buni aniqlash uchun evristik uslub qo'llaniladi va vodorod xossalarini ishqoriy metallar va
galogenlar xossalari bilan solishtiriladi buni jadvalga qarab aniqlanadi.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə