O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti


-MAVZU. ELEKTROLITIK DISSOTSIATSIYA QONUNIYATLARINI TUSHUNTIRISH



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə87/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

19-MAVZU.


ELEKTROLITIK DISSOTSIATSIYA QONUNIYATLARINI TUSHUNTIRISH 
USULLARI 
REJA : 
1. Elektrolitlar, elektrolitmaslar eruvchanligi, elektrolitik dissotsiatsiya
2. Tuzlar gidrolizi
Tayanch iboralar: 
Kimyoviy bog’lar. Elektrolit, elektrolitmas, eritma, dissitsiatsiya, gidroliz.

O'rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissotsiatsiya qonuni. 
Bu kurs 9 sinfda o'tiladi va uning nazariy platformasi hisoblanadi. Kimyoviy bog'lar
qonuniyatlariga asoslanib u davriylik bilimni rivojlantiradi, moddalar tuzilishi bilimlariga yangi
tushunchalar kiritadi. Qanday ta'sir bog'larni uzishga sababchi ekanligi va elektrolitlarning suvli
eritmalari xossalarini ham tushuntiradi. Bu mavzuni o'tishda o'quvchilarning oldingi kimyoviy
muvozanat bilimlari asos qilib olinadi. Darsning maqsadi bu dissotsiatsiya jarayoni sharoiti,
mexanizm, elektrolit moddalar haqida tushuncha, eritmadagi ionlar harakati va ular orasidagi
reaksiyalarni o'rganishdir. Bu mavzuda elektrolitlarning har xil zaryadli ionlarga parchalanishi misolida
uning ichidagi ziddiyat qarama-qarshilik falsafiy kotegoriyalar qaraladi. Tarixiy yondoshish esa
dunyoni bilish mumkinligini, modda tabiati tushunchalarining rivojlanishi, kimyoviy reaksiya va
kimyoviy element, tabiatdagi xilma xil modda zarrachalari borligini bilishga sabab bo'ladi.
O'quvchilarning moddalar, kimyoviy reaksiyalar haqidagi tushunchalari chuqurlashib, yangi
sifat pog'onasiga ko'tariladi, reaksiyalarning ionli mohiyatini tushunishi esa kimyoviy protsesslarni,
yangi bilimlarni o'rganishni boshqacha yo'llarini bilishga majbur qiladi.
Bu mavzu oldingi tushunchalarni rivojlantirib, yangi nazariy bazani yaratadi va butun kimyo
kursini o'rganishda poydevor bo'ladi.
Bu mavzu tarkibi quyidagi muhim modda tushunchalarini: elektrolitlar, eritmadagi ionlar,
dissotsiatsiya mohiyati, eritmalardagi ionli reaksiyalarni borishidan boshlanadi. Elektrolitlarning
suvdagi holatini 8 sinfda o'rganilgan anorganik birikmalardagi kimyoviy bog'lar haqidagi bilimlar
asosida o'zlashtiriladi. Har xil ionlarning ta'sirini esa fizika bilimlariga asoslanadi. Fizikada
elektrolitlar haqida ham birlamchi tushunchalar bor edi. Bu mavzu quyidagi sxema orqali bildirilishi
mumkin.



Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə