O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə60/129
tarix22.03.2024
ölçüsü1,29 Mb.
#181841
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Och tusli bo’z tuproqlar tog’ tizmalari qiyaliklarining quyi qismlarida, tog’ etagidagi qiya tekisliklar va qir adirlarda Qoratog’ tizmalarining yonbag’irlarida, Mirzacho’l va Qarshi cho’llarida, Farg’ona cho’kmasida, Zarafshon vodiysining o’rta qismlarida, Surxondaryo havzasi va boshqa hududlarda tarqalgan.
Och tusli bo’z tuproqlarda gumusning kamligi sababli, uning morfologik tuzilishidagi genetik gorizontlarning uncha yaxshi ajralib turmasligi va umuman barcha qatlamlarning yaxshi ifodalanmaganligi, xlorid kislota tahsirida hamma gorizontlarining shiddatli qaynashi hamda hasharotlar, turli jonivorlar inlarining ko’p bo’lishi xarakterli.
Kam gumusli (chirindili) goriznot (A+V) ning qalinligi 40-50 sm dan oshmaydi. A- gorizonti 6-12 sm bo’lib, och-bo’zg’ish tusli, qo’riq yerda chimlangan, V1 gorizonti biroz malla tusli, bo’zg’ish, bu gorizont ancha zichlangan va rangi och, karbonatlarning oq ko’zanakli dog’lari bo’lgan Vk gorizonti bilan almashinadi. 1 m chuqurlikka qadar tuproqda nam to’planishi mumkin. Tuproqning 150-180 sm chuqurligida gips va suvda oson eruvchan tuzlar uchraydi.
Tipik bo’z tuproqlar zonaning o’rta mintaqasini shuningdek, tog’oldi tekisliklarining qir-adirlari, past tog’larning ancha baland qismida tarqalgan. Tipik bo’z tuproqlarning yuqori chegarasi dengiz sathidan 700-1000 (1200) m gacha balandlikda joylashgan. Gumusli gorizonti ancha yaxshi ifodalangan; gumusli (A+V) gorizontining umumiy qalinligi 55-80 sm. A-gorizontining yuqori qismi ancha chimlangan: atmosfera yog’inlari bilan tuproq 1,5 m gacha namlanadi. 130-200 sm chuqarlikda mayda kristalli gips qatlami ajralib turadi.
To’q tusli bo’z tuproqlar zonaning eng yuqori mintaqasini tashkil etib, baland tog’ qiyaliklari va past tog’larda daryo vodiylarining tog’ oraliqlaridagi tekisliklarida dengiz sathidan 700-1000 m dan 1400-1600 m gacha bo’lgan balandliklarda tarqalgan.
A-gorizonti to’q bo’z tusli, uvoqli donador strukturali; V1-malla qo’ng’ir tusli, bo’zg’ish; Vk – gorizonti oq ko’zanaklar va konkretsiyalar shaklidagi karbonatlarning to’planishi bilan jaralib turadi. Tuproq profili atmosfera yog’inlari tahsirida yaxshi yuvilganligi sababli, 2 m chuqurlikka qadar ham unda gips va suvla eruvchi tuzlar uchramaydi.
Bo’z tuproqlarning tipchalari: oddiy (sho’rlanmagan); sho’rxoksimon: yaxshi rivojlanmagan (profili uncha qalin bo’lmasligi va shag’alligi bilan xarakterlanadi) kabi avlodlarga ajratiladi. Sho’rlanish darajasi (kam, o’rtacha, kuchli sho’rxoksimon) va gumusli gorizont qalinligiga qarab (qalin bo’lmagan A+V 40 sm; o’rtacha qalinlikdagi 40-80 sm va qalin >80 sm) ham bo’linadi. o’tloq-bo’z va qadimdan sug’oriladigan tuproqlarda shuningdek ularning gleylanish (berchlanish) darajasiga qarab gleysimon va gleyli tuproqlar ajratiladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə