O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Bo’z tuproqlarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə63/129
tarix22.03.2024
ölçüsü1,29 Mb.
#181841
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Bo’z tuproqlarning kimyoviy tarkibi
(karbonatsiz tuproqlarga nisbatan, foiz (B.Gorbunov)



Goriznot

CHuqurligi, sm



SiO2



Fe2O3



Al2O3



CaO


MgO


K2O



Na2O



TiO2



MnO


SiO2


——
R2O

Razrez 71005. Och tusli bo’z tuproq

A1
A2
V1
V2
S

0-5
5-156
20-30
55-65
170-180

72,14
70,24
69,72
70,61
71,75

5,02
5,25
4,75
5,06
4,55

14,52
14,59
15,15
14,61
14,64

0,29
0,84
1,52
0,88
0,25

2,99
2,12
2,75
3,09
3,32

2,31
2,68
2,53
2,53
2,37

1,79
1,75
1,87
1,87
2,09

0,52
0,58
0,56
0,64
0,60

0,09
0,09
0,09
0,08
0,07

7,0
6,6
6,5
6,8
7,1

Razrez 72002. Tipik bo’z tuproq

A1
A2
V1
V2
S

0-5
6-16
20-30
45-55
195-205

67,95
67,50
65,78
70,37
68,12

6,12
5,89
6,31
5,98
5,86

14,52
14,36
14,40
15,06
14,66

1,26
1,49
3,91
2,23
0,09

3,16
3,42
1,74
2,73
4,42

3,04
2,96
3,13
3,02
2,87

1,76
1,69
1,67
1,81
2,01

0,84
0,82
0,78
0,93
0,87

0,13
0,12
0,12
0,10
0,10

6,3
6,3
6,1
6,3
6,3

Razrez 67112. To’q tusli bo’z tuproq

A1
A2
V1
V2
S

0-5
5-22
43-95
95-150
220-235

68,13
68,99
68,82
69,14
69,72

5,85
8,41
6,20
6,23
6,17

14,62
14,74
14,58
14,38
14,49

0,96
1,09
0,78
0,40
0,22

3,28
3,35
3,17
3,45
3,78

2,89
2,95
2,87
2,60
2,68

1,80
1,72
1,75
1,94
2,07

0,86
0,90
0,49
0,88
0,89

0,12
0,11
0,11
0,09
0,10

6,4
6,4
6,3
6,4
6,4

Tipik bo’z tuproqlarning yuqori gorizontlarida gumus 1,5-4 foizgacha bo’lib, azot esa chirindi miqdoriga bog’liq. Bu tuproqlar fosforga ancha boy: umumiy R2O5 0,15-0,30 foizgacha yetadi. Uning miqdori ona jinslar tarkibiga bog’liq. Umumiy kaliy ham ko’p (2,1-3,0 foiz). Tipik bo’z tuproqlarda kaliyning suvda eriydigan haarkatchan formasi och tusli tuproqlarga nisbatan ancha yuqori (393-482 mg/kg).


To’q tusli bo’z tuprolar tarkibida gumus 4-5, azot esa 0,25-0,4 foizga qadar bo’ladi. Harakatchan fosfor (87 mg/kg) va kaliy (770 mg/kg) ga ham boy.
Och tusli va tipik bo’z tuproqlarning gumusi tarkibida fulg’vokislota ko’proq (Sgk:Sfk<1). Gumin kislotasi nisbatan oddiy formalardan iborat.
To’q tusli bo’z tuproqlardagi gumus fulg’vat-gumatli tarkibga ega.
Tuproqning bir metr qalinligida gumus zahirasi och tusli bo’z tuproqlarda 50-60 t/ga, to’q tusli bo’z tuproqlarda esa 140-160 t/ga yetadi.
Bo’z tuproqlarning singdirish sig’imi past, och tusli bo’z tuproqlarning yuqori gorizontlarida 100 g tuproqda 9-10 mg/ekv, tipik bo’z tuproqlarda 12-15 mg/ekv va to’q tusli bo’z tuproqlarda 15-20 mg/ekv ni tashkil etadi. (77-jadval). Singdirilgan kationlarning 80-90 foizi Sa2+ va 10-15 foizi Mg2+ga to’g’ri keladi.
Tipik va to’q tusli bo’z tuproqlarning pastki qatlamlarida singdirilgan magniy ko’p bo’lib, singdirish sig’imiga nisbatan bahzan 45-55 foizga yetadi. Singdirilgan natriy kam-umumiy hajmiga nisbatan 1-2,5 foizni tashkil etadi.
Sho’rtoblangan bo’z tuproqlarda esa singdirilgan natriy ko’payadi.
Fizik xossalari. Tipik bo’z tuproqlarning yuqori gorizontlarida zichlik uncha yuqori emas (zichligi 1,17-1,22 g/sm3), och tusli bo’z tuproqlarda esa ancha katta (zichligi 1,35-1,45 g/sm3). Bo’z tuproqlarning barcha profili uchun yuqori kovaklik (50-60 foiz) xarakterli. (78-jadval).
Bo’z tuproqlar fizik xossalarining qulay bo’lishi, asosan undagi mikroagregatlarning ko’pligi va tuproqdagi jonivorlarning aktiv faoliyati bilan bog’liq.
6. Bo’z tuproqlar zonasi mamlakatimiz qishloq xo’jaligida muhim o’rinni egallaydi. Unda asosiy paxtachilik nohiyalari joylashgan. Paxtachilik bilan bir qatorda, zonada ko’plab ekinlar: sholi, qand lavlagi, makkajo’xori, bug’doy, lub ekinlari, sabzavot, kartoshka va boshqalar yetishtiriladi. Bu yerda bog’dorchilik, uzumchilik va pillachilik ham keng rivojlangan.
Bo’z tuproqlar zonasining muhim xususiyati dehqonchilikda yerlarni sug’orib foydalanishdir. Haydaladigan yerlarda asosan bo’z tuproqlar, qadimdan sug’oriladigan bo’z tuproqlar va o’tloq tuproqlar tarqalgan. Bo’z tuproqlarning muhim agronomik xususiyati, ularning kam gumusli va shunga ko’ra azotning ham uncha ko’p bo’lmasligidir. Bu tuproqlarning genetik xususiyatlariga va yerga o’g’it solish, shuningdek, almashlab ekishda qo’llaniladigan ekinlar turiga bog’liq. Bo’z tuproqlar sug’orilganda yuqori biologik aktivlikka ega bo’ladi. Bunday sharoitda o’simliklarning barcha o’sish davrida ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlari aktivlashadi, vaholanki sug’orilmaydigan yerlarda, ayniqsa yozning namlik yetishmaydigan davrlarida, mikroorganizmlarning faoliyati keskin kamayadi.
Sug’oriladigan bo’z tuproqlar (shuningdek, o’tloq-bo’z va o’tloq tuproqlar)ni agronomik nuqtai nazardan baholanayotganda o’ziga xos quyidagi xususiyatlar: tuproqning muayyan genetik tipga kirishi, sug’orilish muddati, madaniylashganlik darajasi, tuproqning sho’rlanish va eroziyaga uchraganligi, tuproq paydo qiluvchi ona jinslar genezisi, tuproq va jinslarning mexanik tarkibi va fizik xossalari, tuproqlardan zax suvlarning oqib ketish holati kabilar ehtiborga olinadi.
Sug’orish muddatiga qarab, tuproqlar qadimdan sug’oriladigan (voha) tuproqlarga, sug’oriladigan (voha) tuproqlarga va yangi o’zlashtirilgan tuproqlarga ajratiladi.
Qadimdan sug’oriladigan (voha) tuproqlar yuqori potentsial unumdorlikka ega bo’lib, agroirrigatsion yotqiziqlarda gumus va boshqa oziq elementlar ko’p to’planganligi, shuningdek tuproq qatlamlarining deyarli bir xil tuzilishi o’simlik ildizlarining erkin rivojlanish imkoniyatini beradi.
Sug’oriladigan tuprqlar dehqonchilik tahsiriga uncha ko’p uchramagan bo’lib va faqat haydalma qatlamdagina ayrim o’zgarishlar ro’y beradi. Yangi o’zlashtirilgan (10 yildan kam sug’orilib kelinayotgan tuproqlarda gumus va oziq elementlari kam bo’lib, uning biologik aktivligi ham past.
Madaniylashganlik darajasiga ko’ra yahni gumus bilan tahminlanganligi, azot, fosforning harakatchan formasi miqdori va biologik aktivligiga qarab kam, o’rtacha va yuqori darajadagi madaniylashgan tuproqlarga bo’linadi. Yuqori madaniylashgan tuprqlar eng yuqori unumdorlikka va yaxshi xususiyatlarga ega bo’lib, g’o’zadan yuqori (30-40 ts/ga) hosil olinadi. Kam madaniylashgan tuproqlarning ishlab chiqarish imkoniyatlari ham past (hosil 10-14 ts/ga). Sug’oriladigan sharoitda tuproqlarning mexanik tarkibi, agregat holati va qovushmasi bilan bog’liq agrofizikaviy xossalari ham muhim ahamiyatga ega.
Mexanik tarkibiga ko’ra yengil va o’rtacha qumoq tuproqlar eng maqbul hisoblanadi. Bu tuproqlarda mikroagregatlar (0,25-0,01 mm) va yirik chang (0,05-0,01mm) zarrachalarning ancha ko’p bo’lganligidan, yaxshi kapillyar kovaklik va shunga muvofiq qulay aeratsiya holati yuzaga keladi.
Soz va soz tuproqlar yengil va o’rtia soz tupoqlarga nisbatan pastroq baholanadi –0,7-0,9; qumloqlar –0,6 – 0,8 va qum tuproqlar 0,5 – 0,6 koeffitsienti bilan ifodanadi.
Toshloqlik darajasiga qarab ham tuproqlarning bahosi kamayib boradi.
Zichlik darajasiga qarab, eng yaxshi tuproqlar (zichligi- 1,1-1,4 g/sm3) va eng yomon (1,6 va undan yuqori) tuproqlar ajratiladi. Zichlanganda tuproqning suv-havo xossalari yomonlashadi, natijada paxta hosili zichlik 1,5 g/sm3 da 30-40 foizga, 1,6 g/sm3 dan yuqori bo’lganda 2-2,5 barobar kamayadi.
Sho’rlanish natijasida sug’oriladigan tuproqlarning sifati va ishlab chiqarish qobiliyati yomonlashadi, qo’llaniladigan o’g’itlarning samarasi keskin (o’rtacha va kuchli sho’rlangan yerlarda 50-70 foiz) pasayadi.
Eroziyaga uchragan tuproqlarning bahosi 15-60 foizga kamayadi. Eroziya natijasida lyosslarda rivojlangan bo’z tuproqlarning unumdorligi kamroq, uchlamchi davr jinslari ellyuviysida hosil bo’lgan tuproqlarda, unumdorlik ko’proq yo’qoladi.
Bo’z tuproqlar zonasida yerlar unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlardan eng muhimlari: sug’orishni to’g’ri tashkil etish; tuproqda chuqur haydalma qavatni yaratish; almashlab ekish (g’o’za-beda va sideratlar ekish)ni keng joriy etish yo’li bilan yerda ko’proq organik moddalar to’plash; mineral va organik o’g’itlardan samarali foydalanish; eroziyaga qarshi ko’rash; sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproq sho’rlanishini oldini olish va unga qarshi ko’rash katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda tuproqning meliorativ holati (suv-fizik xossalari, tuz va gidrologik rejimlari kabilar)ga qarab sug’orish, zax suvlarning chiqib ketishiga ehtibor berish, shuningdek sug’orish va mavsumiy sug’orish normalariga rioya qilish, suvning infilg’trlanishi natijasida ortiqcha sarfga qarshi ko’rash; yerni o’z vaqtida sifatli ishlash, bir tekisda sug’orish uchun yer yuzasini tekislash; irrigatsiya tarmog’laridan suvning nobud bo’lishini oldini olish; yerning sho’rini yuvish; sho’rga chidamli ekin navlaridan foydalanish singarilar muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Yerga asosiy ishlov berish chuqurligini aniqlayotganda, tuproq gumusli qatlamining qalinligi, haydalma va haydalma osti gorizontlarining zichligiga, o’tloq va o’tloq-botqoq tuproqlarda esa gley va sho’x qatlamlarining joylashuv holati va chuqurligiga ko’proq ehtibor berish zarur. Bu qatlamlar yaqin bo’lganda g’o’za ildizlarining kirib borishi va erkin rivojlanishiga salbiy tahsir etadi. Bunday tuproqlarda yerni yumshatish (mirgelli va gleyli gorizontni har yili asta sekin haydab borish) yo’li bilan, ularda chuqur haydalma qatlam hosil qilish muhim ahamiyatga ega.
Bo’z tuproqlarning sug’oriladigan nohiyalarida o’g’itlardan keng qo’llaniladi. Tuproqda organik moddalar kam bo’lganligidan , birinchi navbatda azotli o’g’itlardan foydalaniladi. SHuningdek, fosforli o’g’itlar ham yuqori samara beradi. Harakatchan fosfor (Machigin bo’yicha) 30mg/kg, ayniqsa 15 mg/kg dan kam bo’lganda, uning samarasi yuqori bo’ladi. ‘2O5 60 mg/kg dan ko’p bo’lganda, uncha yaxshi foyda bermaydi.
Nam bilan yaxshi tahminlangan to’q tusli bo’z tuproqlar sharoitida lalmikor dehqonchilik qilinib, g’alla va yem-hashak ekinlari, shuningdek mevali bog’lar vauzumzorlar yaratish uchun foydalaniladi. Shu maqsadda tipik bo’z tuproqlarning ham baland tog’ yonbag’irlaridagi yerlari (nam bilan kam ta’minlangan lalmikor) ajratiladi.
Bo’z tuproqlar zonasining relg’efi asosan qiyaliklardan iborat bo’lganligi sababli, suv eroziya kuchli rivojlangan. Ayniqsa, sug’oriladigan yerlarda irrigatsion eroziyaning oldini olish va unga qarshi ko’rash tadbirlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Bu zonada qishloq xo’jaligi uchun shamol eroziyasi ham katta ziyon keltiradi. Deflyatsiyaning rivojlanishiga iqlim sharoitlari, tuproqlarning strukturasi, mexanik tarkibining yengil bo’lishi va tuproqlar orasida qum massivlarining mavjudligi kabilar tahsir etadi. Sug’oriladigan sharoitda shamol eroziyasiga qarshi ko’rashning asosiy usullari (yashil to’siq beradigan ekinlar ekish, g’o’zani pushtaga ekish, himoya daraxtzorlari barpo qilish, turli kimyoviy vositalar yordamida tuproqlarni mustahkamlash kabilar) ishlab chiqilgan.
Bo’z tuproqlar zonasida keyingi yillarda o’zlashtirilgan va qiyin meliorativ holatli gipsli sho’rxoksimon va qum-shag’alli tuproqlardan to’g’ri foydalanish hamda unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni olib borishga alohida ehtibor berish lozim. Gipsli bo’z tuproqlar Mirzacho’lda, Zarafshon va Farg’ona vodiylarida Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlari (Ohangaron)ning yangi o’zlashtirilgan yerlarida ko’p tarqalgan. Gipsli tuproqlar gips miqdori 25-66 foizgacha bo’lib, tuproq xossalariga salbiy tahsir etadi. Bu tuproqlarda gumus va oziq moddalar kam bo’lganidan, mineral va organik o’g’itlarga talabchan. Gpsli tuproqlarda o’pqon kabi suffoziya hodisasini oldini olish uchun sug’orish texnikasiga qathiy rioya qilish lozim.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə