O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi Umumiy pedagogika va shaxsiy rivojlanish O’qituvchi: O. O. Bazarov



Yüklə 256,4 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü256,4 Kb.
#153800
  1   2

Buxoro xorijiy tillar institutining boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

S1-22BT GURUH Talabasi: Fayziyeva Lazizaning Fizalogiya FANIDAN MUSTAQIl ISHI

  • Mavzu: Diqqatnig neyrofizialogik xususiyatlari va ontogenez o’zgarishi
  • REJA:
  • 1.Diqqatning mohiyati
  • 2.Diqqatning fizialogik xususiyati
  • 3. Diqqatning vazifalari
  • 4. Ontogenez rivojlanish
  • Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.
  • Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.[1]
  • Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. shuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. diqqat o‘zi nima?
  • Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
  • Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1]
  • Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
  • Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog‘liq. ma’lum yo‘nalishdagi alohida qo‘zg‘atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. odamga ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi [1].
  • Retikulyar formatsiyaning «ishga tushirish» mexanizmlari ichida taxminiy refleksni alohida ta’kidlab o‘tish joiz, bu refleks odam v hayvon organizmlarining atrof-muhitning barcha o‘zgarishlariga nisbatan tug‘ma reaksiyasidir. masalan, xonada shitirlagan ovoz eshitilishi bilanoq, mushuk bolasi cho‘chib tushib, tovush kelgan tomonga ko‘zlarini qadaydi. darsda o‘quvchilar fikrlarini jamlagan holda insho yozmoqdalar. birdan sinf eshigi qiya ochiladi, va berilib yozayotgan o‘quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar.
  • Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. masalan, ma’lum vaqt oralig‘ida doimiy ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchilar orasidan biror-bir yangi seskantiruvchini ajratib olish uchun ma’lum mexanizmlar zarur. psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda, odatda, mexanizmlarning seskantiruvchilarni filtrlovchi ikki asosiy: periferik va markaziy guruhlari ko‘rib chiqiladi. periferik mexanizmlarga his-tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin. kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1]
  •  D.E.Brodbentning fikricha, diqqat – axborotni, aynan, kirib kelishda, ya’ni periferiyada tanlab o‘tkazuvchi filtr. u, agar odam bir vaqtning o‘zida turli axborotni ikki qulog‘i bilan qabul qilgan bo‘lsa, lekin qo‘llanmaga binoan, faqat chap qulog‘i bilan qabul qilishi zarur bo‘lgan holatda, o‘ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi. keyinchalik periferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra tanlab o‘tkazishi aniqlandi.
  • Diqqatning markaziy  mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. lekin bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish ehtimoli ham ma
  • Diqqat inson hayoti va faoliyatida ko‘plab turli xil vazifalarni bajaradi. U zarur bo‘lgan psixologik va fiziologik jarayonlarni faollashtiradi, qolganlarini esa susaytiradi, organizmga etkazilayotgan axborotning uning dolzarb ehtiyojlariga muvofiq holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab o‘tkazilishiga yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi.
  • Diqqatning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Bularga tabiiy va ijtimoiy belgilangan, bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqat, hissiy va intellektual diqqat kiradi.
  • Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar.
  • Ixtiyorsiz diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi.
  • Ixtiyoriy diqqat  – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik.

Yüklə 256,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə