Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə35/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

Topshiriqni tushunish
Rasmni tanqid qilish soʻralsa, uni tanqidiy baxolay olish qobiliyati - voqelik bilan aloqani yoʻqotmaganlik koʻrsatkichi.
Topshiriqni deyarli qarshiliksiz qabul qilish - ishini yaxshi boshlab turib, soʻng charchab qolish va rasm chizishni toʻxtatish.
Rasm tufayli uzr soʻrash - oʻziga ishonchning yetishmasligi.
Rasm chizish davomida tezlik va mahsuldorlikning pasayishi - tez jonga tegishlik.
Rasmning nomi - ekstraversiya, qoʻllab-quvvatlash ehtiyoji.
Rasm chap qismini alohida qayd qilinishi - ayol jinsi bilan identifikatsiyalash.
Qiyinchiliklarga qaraman, tirishib rasm chizsa - yaxshi bashorat, gʻayratlilik.
Rasm chizishga qarshilik qilsa va undan bosh tortsa - oʻzini koʻrsatishni xohlamaslik, oʻz muammolarini yashirish.
Daraxt
K.Koxning tavsifi (interpretatsiyasi) K.Yungning qarashlari (daraxt - tik turgan odam timsoli)dan kelib chiqadi.
Ildiz - jamoa, ongsizlik.
Poya (tana) - impulьslar, instinktlar, sodda bosqichlar.
Shoxlar - passivlik yoki hayotga qarshi turish.
Daraxt rasmining tavsifi doimo yadro (ildiz, poya, shox) va bezak elementlari (barg, meva, peyzaj)ni oʻz ichiga oladi.
Agar varaqning oʻng yuqori chekkasiga qarab koʻtarilgan holatda yer chizilgan boʻlsa - joʻshqinlik, entuziazm.
Agar varaqning oʻng pastkn chekkasiga qarab tushirilgan holatda yer chizilgan boʻlsa - kuchning kamayganligi, yetarli darajada intilish yoʻqligi.
Ildizlar
Ildiz poyadan kichik boʻlsa - yashirilgan, yopiq narsani koʻrish istagi.
Ildiz poya bilan teng - ancha kuchli, endi muammoni tasavvur qiladigan qiziquvchanlik.
Ildiz poyadan katta - shiddatli qiziquvchanlik, xavotirni yuzaga keltirishi mumkin.
Ildiz chiziq orqali tasvirlansa - sir tutilayotgan narsaga nisbatan bolalarcha munosabat.
Ikkita chiziq koʻrinishida ifodalangan ildiz - farqlash qobiliyati va real narsani baholashda mulohazalilik; bu ildizlarning turli xil shakli yashash xohishi bilan, notanish yoki oʻziga yaqin davrada ayrim tendentsiyalarni bosib qoʻyish yoki ifodalash xohishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Simmetriya - oʻzini tashqi dunyo bilan kelishgandek qilib koʻrsatishga intilish. Tajovuzkorlikni toʻxtatib turishga boʻlgan intilishning yorqin ifodasi. Hislarga nisbatan pozitsiyani tanlashdagi ikkilanish, axloqiy muammolar.

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə