O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Pulning vazifalari. Valyuta tushunchasi. Milliy valyuta bo`lgan so`mning qadrini oshirish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə24/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
hkjhk

4.Pulning vazifalari. Valyuta tushunchasi. Milliy valyuta bo`lgan so`mning qadrini oshirish.

Pulning iqtisoddagi ahamiyatini u bajaradigan vazifalar belgilab beradi. K.Marks pulning besh vazifasi borligini ko`rsatgan edi:



  1. Qiymat o`lchovi;

  2. Muomala vositasi;

  3. Jamg`arish vositasi;

  4. To`lov vositasi;

  5. Jahon pullari.

Pul umumiy ekvivalent bo`luvchi tovar ekan, u o`zida ijtimoiy
mehnatni mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o`lchay oladi. Tovarning qancha turishini pul bilan belgilab, u 50 so`m, 10 dollar, 50 dinar, 20 marka, 50 sent turadi deb aytamiz. Buyumning og`irligi, eni va bo`yiga qarab, kilogramm yoki metr bilan o`lchaganday tovarlar narx bilan o`lchanadi. Narx esa qiymatga muvofiq qo`yiladi.
Bundan tashkari, pul oldi-sotdida ishlatiladi. Pul yordamida tovarni xarid etish pulga tovar ayirboshlash P-T yoki tovarni sotish ya'ni tovarni pulga ayirboshlash T-P ko`rinishda yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik qiladi, u muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning bu vazifasini faqat real pullar va ularning muomaladagi qiymat belgilari bajaradi. Pul hamma tovarga ayirboshlangandan, hamma yerda qabul qilinadi. Agar pul bo`lmaganida edi, kerakli tovar topib olish uchun o`z tovarini boshqa tovarga, boshqasini va yana boshqasiga almashtirish ko`p marta yuz berib, nihoyat kerakli tovar uchraguncha davom etar edi. Pul bunday mushkullikni oson qiladi.
Pul shuningdek jamg`arma vositasi vazifasini ham bajaradi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib, o`z egasi uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi bo`lib xizmat qila olishidir. Pul-qog`oz yoki tanga bo`lgani uchun boylik emas balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi.
Vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`laridan unumli foy-dalanish maqsadida banklarda saqlanadigan pullar jamg`arma vosi-tasini bajaradi. Tovarlar muddati kechiktirib tulanishi sharti bilan iste'molchilarga berilganda pul to`lov vositasi bo`ladi.
Pul-jahon puli vazifasini ham bajargan XX asrning birinchi yarmiga qadar uning o`rnini sof oltin bajargan, ya'ni mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblar, tovarlar va xizmatlar uchun to`lovlar bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga sof quyma shakldagi oltinni ko`chirish yo`li bilan amalga oshirilgan.
Iqtisodiy aloqalar davlatlararo doiraga chiqib, boynalminallashib boradi, pulni xalqaro iqtisodiy munosabatlar vositasiga aylantiradi. Bu bir pulni ikkinchi pulga aylantirishni taqozo etib, yagona jahon puli talab qilinmaydi. Masalan, AQSh va Germaniya o`zaro savdo qilganida qandaydir yangi pul kerak emas. Buning uchun dollar markaga ayirboshlansa bo`lgani.
Milliy doirada amal qiluvchi, qadr-qiymati shu mamlakat boyligi bilan ta'minlangan pul valyuta deyiladi. Valyutalar bir-biriga ayirboshlanganda valyuta munosabati paydo bo`ladi. Pulning pulga sotilish narxi valyuta kursi deyiladi. Yuksak rivojlangan mamlakatlar valyutasining kursi yuqori bo`ladi.
O`zga valyutaga talab davlatlararo iqtisodiy aloqalarning kengayishidan ham kelib chiqadi. Chet el tovarlarini sotib olish, chet eldagi transport va aloqa xizmatlaridan foydalanish, chetga kapital va ish kuchini chiqarish, boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan qarz olish, xorijiy turizm bularning hammasi boshqa valyutaga talabni keltirib chiqaradi. Shu sababli valyuta kursi pul qadr-qiymatiga bog`liq bo`lsada, undan anchagina farq qiladi. Iqtisodiy barqaror mamlakatlar pulining valyuta kursi ham barqaror bo`ladi, tez o`zgarmaydi.
Har bir mamlakatning o`z o`lchami bor, bu uning milliy pulidir. Birlik O`zbekistonda-so`m, AQSh da-dollar, Angliyada-funt sterling, Turkiyada-lira, Germaniyada-marka, Saudiya Arabistonda-riyol qabul qilingan va h.k. Har bir davlatning milliy puli o`sha davlatning valyutasidir.
Shuning uchun ham Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so`ng MDH dagi yangi mamlakatlarda yagona pul birligini saqlab qolishga aslo hojat qolmaydi. Ayni paytda mustaqil davlatlar alohida moliyaviy siyosat yurgiza boshlaydi. Yuzaga kelgan sharoit mustaqil davlatlarning, shu jumladan O`zbekistonning o`z milliy pulini ya'ni so`mini 1994 yil 1 iyuldan boshlab joriy etishni taqozo qildi. Shu tariqa o`zbek so`mi dunyoga keldi. Endi u milliy valyuta-o`zbek puli sifatida dollaru marka, funt-sterlingu lira, rubl va riyol, tangayu-frank kabi iqtisodiy hayotga mustaqil qadam qo`yishi, ular bilan tenglashishi, ba'zilaridan o`zib ketishi, dunyodagi qudratli valyutalardan biriga aylanishi lozim.
So`mni joriy qilishda O`zbekiston o`zi tanlagan yo`lidan bordi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  • avvalo, u boshqa mamlakatlar tajribasiga o`xshamaydi;

  • yangi va eski pul nisbati 1:1. Boshqa davlatlarda esa turlicha bo`ldi.

1:1000, 1:50, 1:10 va hokazo
«Birga bir» nisbat iqtisodiy jihatdan eng arzon, ruhiy-psixologik jihatdan eng qulaydir. Shuning uchun ham milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`la almashadigan bo`lishiga erishish uchun bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur edi.
Prezidentimiz I.A.Karimov bu xaqda alohida to`xtalib, uning juda qiyin va murakkab vazifa ekanligini ta'kidlab, milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`la almashadigan bo`lishiga erishish uchun nimalar qilish kerakligini quyidagicha belgilab berdilar:
1. So`mning xarid quvvatini oshirish uchun iste'mol bozorini kerakli mollar bilan to`ldirish, aholining ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o`z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo`r berish zarur bo`ladi.
2. Valyuta zahiralarini ko`paytirish, eksport qiladigan mollarni ko`paytirish.
3. Yonilg`i -energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlash.
4. Kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda, O`zbekistoning qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish bilan makrobarqarorlikka erishish.
Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o`z samarasini ko`rsatishi lozim.
Yuqorida aytganimizdek, xususiy mulkchilikning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z - o`zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorli xususiyatini ko`zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə