O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


MAVZU:BOZOR IQTISODIYoTINING MOHIYaTI, BELGILARI. BOZOR IQTISODIYoTIGA O`TISh DAVRI, UNING O`ZBEKISTONDAGI XUSUSIYaTLARI



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə26/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
hkjhk

MAVZU:BOZOR IQTISODIYoTINING MOHIYaTI, BELGILARI. BOZOR IQTISODIYoTIGA O`TISh DAVRI, UNING O`ZBEKISTONDAGI XUSUSIYaTLARI


Asosiy savollar:



  1. Bozor iqtisodiyoti va uning mazmuni.

  2. Bozorning mohiyati, uning ob'ektlari va sub'ektlari.

  3. Bozorning vazifalari, Bozor shakllari va turlari.



Tayanch iboralar:


Bilvosita bozor aloqasi. Bevosita bozor aloqalari. Tartiblangan bozor. Tartibsiz bozor. Erkin bozor. Moliya bozori. Monopol bozor. Bozor konyukturasi. Mehnat birjasi. Intellektual tovar bozori. Bozor muvozanati.


1. Bozor iqtisodiyoti va uning mazmuni.

Har bir mamlakatning iqtisodiy mustaqillikka erishishi - jahon tajribasida sinalgan va hozirgacha o`zining muqobiliga ega bo`lmagan bozor iqtisodiyoti ko`rinishidan boshlanadi. Bozor iqtisodiyoti yo`lidan borib taraqqiyotga, farovon turmush tarziga erishiladi.


Shunday ekan, iqtisodiyotning hali hech-bir masalasi «bozor iqtisodiyoti», «bozor mexanizmi», «bozor munosabatlari», «boshqariladigan bozor» tushunchalari kabi, iqtisodchilar, olimlar va keng jamoatchilikning diqqat e'tiborini tortmagan va keng muhokama qilinmagan.
Bozor iqtisodi masalasi bu nafaqat iqtisodiy masala-balki ijtimoiy siyosiy masala hamdir. Chunki u jamiyatimizning kelajakdagi ravnaqi, kishilar farovonligi, qolaversa tarixiy taqdirimizni hal qiluvchi masaladir.
Bozor iqtisodi jahon iqtisodiy taraqqiyotida o`z o`rniga ega bo`lgan amaliyot hisoblanadi. Bu amaliyot o`zining ko`p yillik tarixida ilmlar sistemasiga aylandi. Bu sistemani biz o`rganmay turib, bozor iqtisodiyotini o`zlashtirishimiz mumkin emas.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash, va pul muomalasi qonun - qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Ushbu ta'rifni to`g`ri tushunishimiz uchun biz avvalo bozor va bozor iqtisodiyotini bir-biridan farqlashimiz kerak.
Iqtisodiyot nazariyasi nuqtai - nazaridan ular bir xil iqtisodiy kategoriya ( tushuncha) emas.
Tarixiy jihatdan bozor, bozor iqtisodiyotiga nisbatan birlamchi va qadimiyroqdir.
Bozor iqtisodiyoti va uning mexanizmlari tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash vujudga kelishi bilan shakllangan: Bu mexanizmlar to`rtta tarkibiy qismdan iborat : baho, talab, taklif hamda raqobat.
Bozor iqtisodiyoti kishilik jamiyatining iqtisodiy taraqqiyotining keyingi taxminan uch asri, ya'ni XVIII-XX asrlar uchun xos bo`lgan iqtisodiy - ijtimoiy jarayon hisoblanadi. Ana shu yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti rivojlanib, takomillashib yaxlit ijtimoiy iqtisodiy tizimga aylandi.Bu tizimning o`ziga xos xarakterli belgilari mavjud:

  • Ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi bo`lishi, ko`p mulkchilik va ko`p faoliyatlilik;

  • Iqtisodiy mustaqillik va erkinlik;

  • Iqtisodiy manfaatdorlik va mas'uliyat;

  • Raqobatchilik;

  • Davlatning iqtisodiyotga cheklangan darajada aralashuvi.

Bu belgilar bozor iqtisodiyotining hamma bosqichlari uchun umumiydir.
Hozirgacha bozor iqtisodiyoti o`z taraqqiyotida tarixan ikki bosqichni bosib o`tgan. Birinchi bosqich ya'ni klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti bo`lib, asosan xususiy mulkchilikning hukmronligi va erkin tovar ishlab chiqarish hamda erkin raqobat bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqichi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo`lib asosan XX asr boshlaridan buyon amal qilmoqda. Unga xos belgilar mulkchilikning xilma xilligi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlanganligi kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi yirik korxonalarning milliy va xalqaro darajada ish olib borayotganligi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki, xo`jalikni yuritishda reja usulidan foydalanish marketing va menejment tizimi, ijtimoiy himoyaning kuchliligidir.
Bozor iqtisodiyoti o`zining afzalliklari va zaif tomonlariga ega. Uning afzalliklari qilingan tahlillarga ko`ra quyidagicha:

  1. Moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini taqsimlashning samaradorligi va tejamliligi.

  2. Iqtisodiy erkinlik muhitining mavjudligi natijasida xo`jalik yurituvchi sub'ektlar iste'molchilar manfaatiga xizmat qilishidan iborat ekanligi.

  3. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari shundan iboratki:

  4. Raqobatning mavjudligi oxir oqibatda kuchsiz xo`jalik yurituvchi sub'ektlarning sinishiga, kasodga uchrashishiga va xonavayron bo`lishiga olib boradi. Bu holat monopoliyani tug`diradi.

  5. Bozor iqtisodiyoti qisqa muddatda foyda bermaydigan yoki umuman foyda keltirmaydigan sohalarni rivojlanishiga rag`bat uyg`otmaydi.




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə