O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Bozorning mohiyati, uning ob'ektlari va sub'ektlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə27/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
hkjhk

2. Bozorning mohiyati, uning ob'ektlari va sub'ektlari.

Bozorga bo`lgan qarashning ikki tomoni bor.



  1. Bozorga bo`lgan fuqaroviy qarash.

  2. Bozorga iqtisodiyot nazariyasi kategoriyasi sifatida ilmiy qarash.

Fuqaroviy qarashga ko`ra bozor- bu tovar sotiladigan va so-
tib olinadigan, ayirboshlash yuzaga chiqadigan maxsus joy. Shuning uchun «bozor» so`zi ostida ko`pchilik o`zimizga ma'lum bo`lgan oziq-ovqat bozori, «dehqon» bozori uning tarkibiy qismlari chorva hayvonlari bozori, transport, sanoat mollari magazini, umumiy ovqatlanish shahobchalari kabilar tushuniladi.
Shuning uchun ko`p hollarda bozor iqtisodiyotiga xos bo`lgan xususiyatlar bozorning xossalari tarzida talqin qilinmokda.
Bozor-bu joy emas. Bozor-ayriboshlash jarayonida tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarning majmuidan iborat. Bu munosabatlar esa tovar-pul munosabatlaridan iborat.
-Tovar ishlab chiqarishdan maqsad bu jarayondan moddiy manfaat ko`rish, ya'ni foyda olishdir.
Shuning uchun hamma vaqt tovar ishlab chiqaruvchilarda Nima?, Qancha?, Qanday ishlab chiqarish kerak? Sharoit o`zgarib qolsa nima qilish kerak? Nimani, qachon, qaerda, qanchadan sotmoq foydali? kabi savollar tug`iladi.
Bu savollarga javobni talab va taklifning nisbati aytib beradi.
Talab va taklifning nisbati faqat bozorda yuzaga keladi.
Shuning uchun ham bozorning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati uning har bir xo`jalikni samarali yuritishda rag`batlantiruvchi, majbur qiluvchi iqtisodiy mexanizmdan iborat ekanligida. Demak, bozor hozirgi zamon rivojlangan jamiyatlarida iqtisodiy munosabatlarning asosiy shaklidir.
Ayni vaqtda ijtimoiy ishlab chiqarish o`sib, kengaya borishi bilan bozor, va bozor munosabatlari ham, gorizontal, ham vertikal tomonlarga kengaya borib, uning mexanizmlari takomillasha boradi.
Bu jarayon o`z navbatida bozor ob'ektlari va sub'ektlari tarkibining o`sishiga olib keladi.
Ayirboshlash orqali tovar- pul munosabatlari jarayonining predmeti bo`layotgan narsa va xizmatlar bozor ob'ektlari deyiladi. Ularni taklif qilayotgan ( sotayotgan) xo`jalik, tashkilot, uyushma, yoki xususiy shaxslar bozor sub'ektlari deb yuritiladi.
Bozor iqtisodiyotiga xos xususiyatlardan biri bozor ob'ektlari, doirasining cheklanmaganligidan iborat bo`lib rivojlangan mamlakatlarda uning tarkibiga barcha ishlab chiqarish vositalarini shu jumladan yerni ham, turli ko`rinish va sohalardagi xizmatlarni;
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə