O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə35/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115
hkjhk

Ikkinchidan, o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog`i, qonunlarning ustuvorligi ta'minlanmog`i zarur.
To`rtinchidan, bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nixoyat beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror topishi.
Bozor munosabatlariga o`tishda bu tamoyillarlarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish printsipi alohida e'tiborga loyiq, chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko`nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo`ladi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tish tamoyillarini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o`tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifasini birdaniga hal qilish maqsad qilib qo`yilganligi ta'kidlangan:
-totalitar tizimning ogir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- respublikaning o`ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o`sishni ta'minlab, bozor munosabatlarini to`liq jo riy qilish maqsad qilib qo`yiladi.
Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko`rsatiladi1.
Birinchi vazifa- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə