O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


O`zbekistonda mulk islohoti va mulkchilikning turli tuman



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə38/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
hkjhk

O`zbekistonda mulk islohoti va mulkchilikning turli tuman

shakllarini tashkil etish.
«O`zbekiston Respublikasining mulkchilik to`g`risida»gi qonunida mulkning turli-tuman shakllari sanab o`tilgan: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.
Davlat mulki- mulk davlatga tegishli bo`lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish davlat ixtiyorida bo`ladi.
Davlat mulki asosan ikki yo`l bilan hosil bo`ladi.

  1. Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo`liga olish.

  2. Davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyani amalga oshirish yo`li bilan.

Jamoa mulki- muayyan maqsad yo`lida jamoaga birlashgan ki-
shilar tomonidan moddiy va ma'naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o`zlashtirishdan iborat. Jamoa mulki- kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlik jamiyatlari, xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulkidir.
Kooperativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o`zlashtirishning jamoa guruh xususiyatidir.
Kooperativ faoliyat uchta asosiy turga ajraladi; ishlab chiqarish, matlubot kooperativlar va aralash kooperativlar.
Shaxsiy mulk- mulk shakllari ichida kishilarning shaxsiy mulki muhim o`rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a'zolarining mehnati asosida ko`payadi va rivoj topadi.
Xususiy mulk- ayrim sohibkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va o`z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
Xususiy mulk ham, boshqa mulk shakllari kabi, o`zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so`zsiz tashabbuskorlik va ishchanlikni, mehnatga mas'uliyatlilik munosabatlarini rag`batlantiradi. Shu bilan birga tovar ishlab chiqarish sharoitida u tekin daromad orttirishga intilish hissini uyg`otadi.
Turli shakllardagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo`ladi. Bu mulk alohida olingan ob'ektning turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirilishini bildiradi.
Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o`tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish esa xususiylashtirishdan tashqari bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko`zda tutadi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitiga qarab pullik, pulsiz yoki imtiyozli tarzda o`tkaziladi. O`z shakli va usulidan qat'iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta'minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkning barcha shakllari va turlari rivojlanadi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo`yib jamiyatda faollik ko`rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo`l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o`ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
A)davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo`ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
B) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
V) xususiylashtirishni huquqiy-normativ jihatdan ta'minlashda qonunlarga rioya qilinadi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo`yicha qo`yilgan vazifalar davlat sektorining bozor sharoitida ham sezilarli rol o`ynashini inkor qilmaydi, chunki bozor iqtisodiyotida davlat korxonalarining saqlanib qolishi kerak bo`lgan sohalari ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo`jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə