O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif miqdoriga ta'sir etuvchi omillar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə41/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
hkjhk

2.Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif miqdoriga ta'sir etuvchi omillar.

Talabning qarama- qarshi tomonida taklif turadi.


Taklif- ishlab chiqaruvchilar ma'lum vaqt ichida ishlab chiqarishga qodir bo`lgan narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan mahsulotlar miqdoridir.
Narx o`zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot ham o`zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator variantlari mavjud bo`ladi. Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini ko`rsatadi. Bu holatni ko`rib chiqamiz.
1 kg un narxi(so`m) Haftalik taklif qilinadigan un miqdori (kg)
200 1000
160 800
120 600
80 400
20 200

Ko`rinib turibdiki, narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotuvga chiqariladigan tovar miqdori ham ortadi.Narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.Bu taklif qonunidir.


Taklif qonuni-narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o`rtasidagi bilvosita yoki to`g`ridan to`g`ri bog`liqlikdir.
Taklif S harfi bilan belgilanadi va ta'minot degan ma'noni bildiradi. (ingl.Supply-taklif).
Taklifni grafik usulida quyidagicha talkin etamiz:
R
S
200 5
160 4
120 3
80 2


20 1
S
O
200 400 600 800 1000 Q
Bu yerda iste'molchi uchun narxning oshishi to`siq rolini o`ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag`batlantiruvchi vazifasini bajaradi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ta'sir qiladi.

  • Resurslarning narxi.

  • Ishlab chiqarish texnologiyasi.

  • Soliq va dotatsiyalar.

  • Boshqa tovarlarning narxi.

  • Narx o`zgarishining kutilishi.

  • Bozordagi sotuvchilar soni.

Taklifning shu omillardan bir yoki bir nechtasining o`zgarishi
taklif hajmining o`zgarishini taqozo qiladi.
Taklif hajmining o`zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport tashish imkoniyatlari ham ta'sir ko`rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo`lmaydigan qishloq xo`jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o`zgaruvchan bo`ladi. Ijodiy kasb soha xodimlarining masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlarning mehnat mahsuli va noyob san'at asarlarining taklifi ham noo`zgaruvchan bo`ladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə