O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Talab va taklif o`zgarishining to`rt qoidasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə42/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
hkjhk

3.Talab va taklif o`zgarishining to`rt qoidasi :

  1. Talabning ortishi muvozanatlashgan narx va muvozanatlashgan tovar miqdorining o`sishiga olib keladi.

  2. Talabning kamayishi muvozanatlashgan narx va muvozanatlashgan tovar miqdorining pasayishiga olib keladi.

  3. Taklifning ko`payishi muvozanatlashgan narxning pasayishini va muvozanatlashgan tovar miqdorining ortishini keltirib chiqaradi.

  4. Taklifning qisqarishi muvozanatlashgan narxning ortishi va muvozanatlashgan tovar miqdorining kamayishini keltirib chiqaradi.

Narx yuqori bo`lganda talab qisqarishi, ya'ni taklif talabdan ancha ortiqcha bo`lishi va narx past bo`lganda talab taklifdan ko`p bo`lishi bozor uchun tabiiy bir holdir. Talab, taklif, bozor narxning va xarid qobiliyatlarining o`zgarishiga qarab tebranib turadi. Bu holat talab bilan taklif tenglashguncha davom etaveradi.


4.Bozor muvozanati va bozor narxi.
Talab va taklif bozorning ikki tomoni sifatida har xil omillar ta'sirida o`zgarib turadi. Ularning bog`lanishi narx orqali bo`ladi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muhim talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy o`sish yuz beradi.
Har bir xaridor muayyan pul so`mmasi evaziga ko`proq va sifatli tovarlar olishga, ya'ni mumkin qadar arzon sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa bunga teskari maqsad qo`yadi : u esa o`z tovarini mumkin qadar qimmatga sotishga intiladi. Shu sababli bozorda sotuvchi narxi va xaridor narxi mavjud bo`ladi.
Bozorda tovar narxining shakllanishiga talab va taklif qanday ta'sir etadi ?
Bu fikrni jadval orqali izohlaymiz.



1 kg go`sht narxi (so`m)

Talab qilingan go`sht miqdori (tonna)

Taklif qilingan go`sht miqdori (tonna)

Talabning va taklifning oshib ketishi (Q, -)

1200

8

1

+7

1400

6

2

+4

1600

4

4

+-0

1800

2

6

-4

2000

1

8

-7

Jadvaldan ko`rinadiki, faqat 1 kg go`shtning narxi 1600 so`m bo`lgandagina qo`yilgan talab va tovar taklifi teng. Bozorda taklif qilingan tovar miqdori bilan talab qilingan tovar miqdori teng bo`lgan sharoitdagi narx muvozanat narxi deyiladi.


Bu grafik quyidagi holatni aks ettiradi.


P
D ortiqcha taklif S
2000
1800
1 600 ye - bozor muvozanati
1400

1200 ortiqcha talab


S D
O
1 2 4 6 8 Q
Demak, talab va taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma'lum nisbatda bo`ladi, bu nisbatlar o`zgarib turadi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o`rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo`lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati bozordagi talab va taklifning ham miqdor, ham tarkib jihatdan bir-biriga muvofiq kelishidir. Agar shunday muvofiqlik bo`lmasa, bozor muvozanati izdan chiqqan bo`ladi. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa bozor o`zining me'yoridagi holatini, qiyofasini yo`qotadi. Bozor muvozanati talab va taklifning mutloq va abadiy mosligi emas. Bunday moslik umuman olganda barcha tovarlarga nisbatan va uzoq davrga xos bo`lishi mumkin. Ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo`lib turmaydi, ularga ta'sir qiluvchi omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo`ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə