O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə30/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115
hkjhk

Ob'ektiga ko`ra turlari.
Bozor tarkibiy tuzilishiga ko`ra murakkab iqtisodiy kategoriyadir.Uni ikki xususiyatiga ko`ra farqlash mumkin.
Sotilayotgan narsa ob'ektiga ko`ra va miqyosiga (ko`lamiga) ko`ra:
Bozorni ob'ektiga ko`ra tuzilishi odatda bozor turlari deb yuritiladi.
Miqyosiga ko`ra tarkibiy tuzilishi esa bozor shakllari deb yuritiladi.
Hozirgi zamon sharoitida bozorning ob'ektiga ko`ra turlariga quyidagilar kiradi:
a) tovarlar bozori.
b) pul va qimmatbaho qog`ozlar bozori.
v) xizmatlar bozori.
g) ilmiy ishlanmalar va ijodiy faoliyat bozori.
d) axborot bozori.
e) mehnat bozori.
j) kapital (fond) bozori kabilar.
Eng ko`p tarqalgan, nisbatan qadimiy, hayotimizda eng ko`p foydalaniladigan bozor turi bu tovarlar bozoridir.
Tovarlar bozorini o`z ob'ektlariga ko`ra ikki qismga bo`lishimiz mumkin.

  1. Ishlab chiqarish vositalari bozori.

  2. Iste'mol buyumlari bozori.

Tovarlar bozorining bu ikki qismi faqat bozor iqtisodiyoti sharoitidagina teng, erkin, bozor qonunlari vositasida rivojlanadi.
Markazlashgan, rejali, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy sharoitda ishlab chiqarish vositalari bozori bo`lmaydi. Bu mahsulotlar markazlashtirilgan asosda avvaldan belgilab qo`yilgan fond va limitlarga muvofiq moddiy-texnika ta'minoti orqali taqsimlangan.
Bu jarayon tovar-pul munosabatlari shaklida rasmiylashtirilsa ham reja doirasida cheklangan va u erkin iqtisodiy munosabat emas: unda ishlab chiqaruvchi ham, iste'molchi ham mustaqil emas.
Shuning uchun tasavvurimizda bozor (dehqon bozori, savdo shahobchalari, do`konlar va boshqalar bo`lib) iste'mol bozorining ulgurji va chakana savdo shakllarida harakat qiladi .
Tovar bozorlari taraqqiyoti uning o`ziga xos xizmat turlari va vositalaridan iborat bozor infrastrukturasini yaratish va takomillashtirishni ham talab qiladi .
Pul va qimmatbaho qog`ozlar bozori, rivojlangan bozor munosabatlariga xos bo`lgan bozor turi hisoblanib, bu bozor bizda endigina shakllanmoqda.
Bu bozorning ob'ekti oddiy pul birliklari (valyutalar), pulning vazifasini bajara oladigan qimmatbaho qog`ozlar (aktsiya, obligatsiya, cheklar, zayomlar, hatto lotoreyalar) ham bo`lishi mumkin.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti uchun rasmiy tashkil qilingan, muayyan qonuniy infrastrukturaga ega bo`lgan pul bozori xos bo`lib, unda pul va uning o`rnini bosuvchi qog`ozlar talab va taklifga mos baholarda kurslarda sotiladi va oldi-sotdi jarayoni ma'lum shaklda qonuniy rasmiylashtiriladi.
Xizmat bozori. Jamiyatning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari tarkibida xizmat ko`rsatish ham sezilarli tarmoq hisoblanib, ijtimoiy mehnatning anchagina qismi shu sohaga to`g`ri keladi.Jamiyat ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlana borgan sari bu soha ham kengayib boradi. Shu vaqtgacha maishiy xizmat sohasi sanalgan, kiyim, poyafzal tikish, ta'mirlash, sartaroshlik, kosmetika (pardozlash), hammom, kir yuvish, ximiyaviy tozalash (ximchistka) texnik xizmat kabilar, hamda hayotimizga kirib kelayotgan tibbiy, ruhiy xizmat, madaniy, jismoniy, aqliy tayyorgarlik, murabbiylik, repetitorliklar, muayyan vosita va usullar yordamida amalga oshiriladigan mehnat faoliyati tovar-pul munosabatlarining ob'ektiga aylanadi.
Ijodiy ishlanmalar, ijodiy faoliyat, axborot va mehnat bozori kabilar biz uchun bozorning yangi turlaridir.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə