O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


IKKINChI BOBGA DOIR XULOSALAR



Yüklə 317,34 Kb.
səhifə15/22
tarix25.03.2022
ölçüsü317,34 Kb.
#84718
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

IKKINChI BOBGA DOIR XULOSALAR


Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda Tashqil etilgam pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini o’rganadi. Tarbiya har qanday jamiyatning muhim vazifasidir.

Tarbiya - bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko’rsatish jarayonidir.

Xulq-atvor va odatan shakllantirish - ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri - uning o’zini anglashidir. Odamning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o’z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi subyektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun obyektdir. Ana shu nuqtai-nazardan olganda, odamning o’zini anglashi subyektiv ravishda o’zini «Men» deb his qilishida ifodalanadi.

Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zligini anglash qobiliyatga xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o’zga kishilar bilan qiladigai har turli munosabatlarda odamning o’zini anglash, o’zini “men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o’zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagi anglashi, o’z huquq va burchini anglashi va nihoyat o’zining fazilat hamda kamchiliklarini anglashi o’zini anglashiga qiradi.

Insonning tabiatini o’zlashtiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacha qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil-inson ortirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishdir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining iidividual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib toiadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tugilib o’sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo’lsa, ikkinchisi, odamga o’zsxq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nixoyat, uchinchisi odamga nasliy yo’l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.

Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rol hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o’ttanimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bog’liqdir. Bu faktor nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tugma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hyech vaqg uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari. bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l: bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo’l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ruyobga chiqish uchun albatta, ma’lum sharoit bo’lishi kerak.

Yüklə 317,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə