Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi
Qonuniga
qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
IV BOB. JAMOAT BIRLAShMALARI FAOLIYATINI NAZORAT
QILISh. QONUNChILIKNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
(IV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va
kuzatib borish
Oldingi
tahrirga qarang.
Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablag‘ bilan ta’minlash va
ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablag‘ miqdorini va soliqlar
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq to‘lanishini nazorat qilib
boradilar.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari
nazorat qilib boradilar.
Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olgan O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat
birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli
ustav qoidalariga rioya
etilishini nazorat qiladi. Ro‘yxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining
rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni
taqdim etishni talab qilishga,
jamoat birlashmalari o‘tkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun o‘z
vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi
ustaviga rioya qilish bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi a’zolaridan va boshqa
fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir.
Dostları ilə paylaş: