O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish Reja


Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing



Yüklə 93,37 Kb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü93,37 Kb.
#135328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy i-hozir.org

4. Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing
Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va importda, xalqaro auktsion va savdolarda, chet el korxonalariga kiritiluvchi investitsiyalarda va nihoyat tovar va xizmatlar jahon bozorida namoyon bo`lib, ko`plab mamlakatlarda faoliyat ko`rsatuvchi hamda chet eldagi ishlab chiqarish va sotuv bo`linmalaridan foydalanuvchi transmilliy korporatsiyalar amalda butun jahon uchun ishlaydi. Bularning barchasi tovar va xizmatlarni mamlakat hududidan tashqarida sotish bo`yicha maxsus tadbirlar majmuasi - xalqaro marketing zaruratini yuzaga keltiradi. Bu erda gap xalqaro firmalar haqida boradi. Bu firmalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati xorijiy mamlakatlarda ham tarqaladi hamda ular sho``ba korxonalarning mavjudligi, texnologik kooperatsiya va ixtisoslashuv, resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruv va nazoratning markazlashuvi bilan tavsiflanadi.
Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun xalqaro marketing usullaridan – ishlab chiqarishni tashkil etish va tovar mahsulotlarini sotish kompleks tizimi, xalqaro bozor tadqiqotlari va prognozlash asosida muayyan xorijiy iste`molchilarning talab va ehtiyojlari, hohish-istaklari va odatlarini qondirish uchun xizmat ko`rsatishdan unumli foydalanish zarur.
O`zbekistonda bozor munoasabatlarining rivojlanishi va u bilan bog`liq bo`lgan ko`plab korxonalar iqtisodiy faoliyatidagi o`zgarishlar tobora o`z mahsulotlarini eksport qilishga yo`naltiradi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tovarlarni import qilishga ixtisoslashgan savdo tashkilolarining paydo bo`lishi, mamlakatimizdagi xo`jalik strukturalarining xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilishi – bularning barchasi, ayniqsa, korxona, tashkilot, bank va sug`urta kompaniyalarining ishlab chiqarish, sotuv va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida xalqaro marketing funktsiyalari va usullarini yaxshi bilishni talab qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. CHet el mamlakatlarida marketing sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro marketing nomini olgan.
Uning yuzaga kelishiga o`tgan asrning 60-yillarida xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish sharoitlarining jadallashuvi va turli mamlakatlarda tovar iste`mol qilishning chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab bo`ldi. Xalqaro marketing sohasida Evropa marketing jamiyati (ESOMAR), Xalqaro marketing federatsiyasi (IFM), shuningdek, ko`pchilikka ma`lum bo`lgan Amerika marketing assotsiatsiyasi (American Marketing Association – AMA) kabi xalqaro tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda.


Xalqaro marketing ko`pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta`riflanadi. Xalqaro marketing kontseptsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo`nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog`liq bo`ladi.
Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:
1. Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo`lmaydi va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi.
2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi.
3. Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni iste`mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u etkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi.
4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo`shma korxona shaklida xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi.


Korxonalarning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishiga quyidagilar sabab bo`ladi:
  • mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to`laroq foydalanishga intilish;


  • eksport hisobiga ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash uchun o`z moliyaviy ahvolini yaxshilash;


  • mamlakat ichkarisida eksortchi sifatida mashhur bo`lishga intilish;


  • mamlakatda raqobatchilik ustunligiga ega bo`lishni ta`minlash;


  • chet el valyutasini olish imkoniyati;


  • xorijiy bozorlarda aylanmalarning rentabelligi yuqori bo`lishini ta`minlash;


  • chet eldan qimmatli nou-xaularni olish.


Xorijiy bozorga chiqish yoki chiqmaslik uchun o`z motivlarini aniqlash korxona uchun muhim ahamiyat kasb etib, jiddiy marketing ishlarini boshlashga turtki vazifasini bajarishi mumkin. Bundan tashqari, motivlar ro`yxatini ishlab chiqish va taqsimlash korxonaning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish shakllari va muayyan maqsadlarini aniqlashga imkon beradi.


SHu tariqa, milliy kompaniyalarni xalqaro biznesni amalga oshirish, xalqaro marketing faoliyatiga kirishishga chorlovchi uchta asosiy jihatni ajratib ko`rsatish mumkin:

  • sotuvni kengaytirish;


  • resurslarni sotib olish;


  • ta`minot manbalarini diversifikatsiyalash.


Xalqaro sotuv milliy kompaniyalarning xalqaro marketing faoliyatida ishtirok etishining asosiy motivi hisoblanadi. Biroq xalqaro marketing faoliyati faqatgina kompaniyalarning milliy sotuv bozorlarini kengaytirishga qaratilgan hatti-harakatlaridan iborat emas. Jahon iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va buning natijasida marketingni bayonalminallashtirish ham xarakterlidir.




Yüklə 93,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə