O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish Reja



Yüklə 93,37 Kb.
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü93,37 Kb.
#135328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy i-hozir.org

Xalqaro marketing muhitini o`rganish xalqaro savdo va kooperatsiya tizimi, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy muhit, tovar va xizmatlar xalqaro bozorini o`rganish, xalqaro raqobat va xalqaro marketingni tashkil etish bilan bog`liq masalalarni hal qilishni o`z ichiga kiritadi.

Xalqaro savdo tizimi dunyoning barcha mamlakatlari tashqi savdosi yig`indisini aks ettiradi – u mamlakatlar o`rtasidagi savdo bo`lib, tovar va xizmatlar importi va eksportidan iborat bo`ladi. Mamlakatning tashqi savdosini davlat tartibga solib boradi. Bunda har bir mamlakat o`ziga xos tashqi savdo siyosatini yuritadi. Buning uchun tarifli va notarif tartibga solish vositalaridan foydalaniladi. Masalan, import boji muayyan mamlakatga nisbatan qaysi tarif qo`llanishiga (masalan, Kanadada A+SH bilan savdoda maxsus tariflarning olti xil turi mavjud) bog`liq bo`ladi. Boshqa mamlakatlarda mahsulotni sotishni tashkil etishda firma turli xil cheklovlarga duch kelishi mumkinligi sababli xalqaro marketing muhitini sinchiklab o`rganish zarur. Davlatning tashqi savdo strategiyasining to`rt turini ajratib ko`rsatish mumkin:
  • izolyatsiya strategiyasi (siyosiy va mafkuraviy qoida-jihatlarga asoslanadi);


  • protektsionizm strategiyasi (o`z tovar va xizmatlar bozorini himoya qilishga asoslanadi);


  • erkin savdo strategiyasi (tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirishga asoslanadi);


  • defitsitli bozorni himoya qilish yoki «teskari protektsionizm» strategiyasi (defitsit bozorni to`ldirishga asoslanadi).


Davlatning tashqi savdo siyosati siyosiy, iqtisodiy, tarixiy, jug`rofiy, madaniy va boshqa xususiyatlarga bog`liq bo`ladi.



Iqtisodiy muhit
Iqtisodiy muhitni ko`rib chiqishda mamlakatlarning tasniflanishini e`tiborga olish lozim bo`lib, ularning o`ziga xosliklari va raqobatbardoshlik omillarini aks ettiradi.


Xo`jalik strukturasi bo`yicha quyidagicha farqlash mumkin:
  • iqtisodiyoti natural xo`jalik tipidagi mumlakatlar. Masalan, efiopiya va Bangladesh.


  • xom-ashyo eksport qiluvchi mamlakatlar. Masalan, CHili, Zoir, Saudiya Arabistoni.


  • sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar. Masalan, Filippin, Hindiston.


  • sanoati rivojlangan mamlakatlar. Masalan, A+SH, Germaniya, YAponiya.




Daromad taqsimoti bo`yicha mamlakatlar quyidagicha farqlanadi:
  1. daromadi juda past;


  2. daromadi asosan past;


  3. daromadi juda past va shu bilan bir paytda juda yuqori;


  4. daromadi past, o`rtacha va yuqori darajada;


  5. daromadi o`rtacha darajada.




Aholi jon boshiga YAMM ko`rsatkichlari bo`yicha mamlakatlarni quyidagi guruhlarga taqsimlash mumkin:
  • yuqori daraja (25 mamlakat) – 6 ming.doll. va undan ko`p


  • o`rtacha daraja (54 mamlakat) – 554 doll.dan 6 ming doll.gacha


  • yuqori o`rtacha daraja (37 mamlakat) – 2,2 dan 6 ming. Doll.gacha


  • past o`rtacha daraja (17 mamlakat) – 545 dan 2.2 ming. Doll.gacha


  • past daraja (42 mamlakat) – 545 doll.dan kam.




Mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini baholashda asosan quyidagilar hisobga olinadi:
  • iqtisodiyot dinamikasi;


  • sanoat samaradorligi;


  • bozor dinamikasi;


  • moliyaviy dinamika;


  • inson resurslari;


  • davlatning aralashuvi;


  • milliy resurslar;


  • tashqi yo`nalganlik (tashqi bozorga yo`nalganlik);


  • investitsiya yo`nalganligi;


  • ijtimoiy-iqtisodiy konsensus va barqarorlik.


SHu tariqa, xorijiy bozorlarning turli xil elementlari tavsifnomalarini aniqlab olgach, kompaniya dastlabki xulosalarga kelishi va istiqbollarni belgilashi mumkin.




Yüklə 93,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə