O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish Reja



Yüklə 93,37 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü93,37 Kb.
#135328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy i-hozir.org

Baynalminallashtirish bosqichlarini quyidagi ko`rinishda aks ettirish mumkin:

1-bosqich. Mahalliy rivojlanish bosqichi – mahalliy ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi.

2-bosqich. Baynalminallashtirishning boshlang`ich bosqichi chet ellik diler va agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan avval chet el mamlakatalri bilan aloqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.

3-bosqich. Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan avval chet ellik kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.

4-bosqich. O`sish bosqichi chet elda 6 tadan ortiq bo`lmagan mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud bo`lishini nazarja tutadi.

5-bosqich. Baynalminallashtirishning ko`p millatli bosqichi 6 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishni ko`zda tutadi (mazkur bosqich transmilliy korporatsiyalar uchun xosdir).
Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti bilan bog`liq tovar va xizmatlarning jahon xarakteri ko`zga tashlanib turibdi. Biroq axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan deyarli barcha bozorlar global bozorga aylanmoqda. Mamlakatlar o`z hududlari bilan cheklanib qolmay, birgalikda jahon bozori segmentlarini tashkil etmoqda. Iqtisodiy agentlar endi faqat sotuvchi, xaridor yoki savdo vositachisi sifatidagina ishtirok eta olmaydilar. O`zaro aloqalar omili xalqaro marketingning muhim jihatlaridan biriga aylanib bormoqda. «Ichki» (mamlakatning ichki bozorida faoliyat ko`rsatuvchi) va xalqaro marketing o`rtasida katta farq mavjud emas. Ikkala holda ham marketing faoliyatining bir xil tamoyillari qo`llanadi. SHu bilan birga, tashqi bozorlarning faoliyat ko`rsatishi va ularda ishlar sharoitlari yuzaga keltiruvchi o`ziga xos xususiyatlar xalqaro marketingga alohida e`tiborga olish zarur bo`lgan jihatlarni baxsh etadi.
Xalqaro bozorda korxonaning marketing faoliyati markazida quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon beruvchi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish turadi: Xalqaro bozorga chiqish kerakmiq Bunda qanday maqsadlarni belgilash lozimq Korxona oldida qanday istiqbollar ochilishi va qanday xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkinq Mamlakatning qaysi bozoriga chiqish lozimq Bu bozorda iste`molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni taklif qilish lozimmi yoki yangi tovarlarnimiq Tanlangan bozorga qanday kirib borish, iste`molchilarni qanday topish va ularga o`z mahsulotini qay tariqa taklif qilish kerakq Bozorga importchi yoki eksportchi sifatida mustaqil chiqish kerakmi yoki boshqa tajribali hamkor bilan birgalikdamiq Tanlangan bozorga tayyor mahsulot etkazish kerakmi yoki yarim tayyor mahsulotlarmiq Tanlangan bozorda qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun qanday marketing chora-tadbirlari majmuasi dasturini ishlab chiqish zarurq
Boshqacha qilib aytganda, xalqaro bozorga chiqishdan avval korxona o`zining xalqaro marketing kontseptsiyasining hech bo`lmasa umumiy qoidalarini ishlab chiqishi lozim.
O`z mahsulotlarini chet elda sotish uchun firma xalqaro marketing muhiti xususiyatlarini aniqlab olishi lozim. eng muhim o`zgarishlar sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
  • jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvi – xalqaro savdoning jadal suratlar bilan o`sishi, chet elda kapital joylashtirishning o`sishi;


  • xalqaro moliya tizimining shakllanishi;


  • turli mamlakatlarda talab shartlari va iste`mol xususiyatlarini tenglashtirish tendentsiyasining o`sishi;


  • jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi; xaridorlarning mamlakatga import qilinuvchi tovarlarning sifati, dizayni, yangiligi va boshqa ko`rsatkichlariga bo`lgan talabining o`sishi sababli tashqi bozorga etkazib beriluvchi tovarlar sifatida sezilarli o`zgarishlarning yuz berishi;


  • XXR, MDH, Arab mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning yirik bozorlariga asta-sekinlik bilan kirib borish.





Yüklə 93,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə