O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish Reja



Yüklə 93,37 Kb.
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü93,37 Kb.
#135328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy i-hozir.org

CHeklangan raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi yuqori sifatli, tor ixtisoslashgan mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishdan iborat.

Lokal raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi bozorning kichik (lokal) hajmli ehtiyojlarini maksimal darajada chuqur qondirishni nazarda tutadi. Ushbu strategiyaga amal qiluvchi kichik firmalar samarali asbob-uskunalar, ilmiy-texnik loyihalar va maxsus sohada bilimlarga ega bo`lmaydi.

YAngilik kirituvchi raqobat strategiyasi — tubdan o`zgartirish va yangiliklar kiritishga yo`naltirilgan strate­giya. Ushbu tavakkalchilik yuqori bo`lgan biznes bilan shug`ullanuvchi firmalarni kpincha «ilk qaldirg`ochlar» deb atashadi.

Differentsiatsiya nish — kompaniyalarning bozorda egallagan o`rinlarini ajratib (chegaralab) olish jarayonidir. Keskin kurashga kirishib ketmaslik uchun firmalar bitta o`rinni egallamaslikka harakat qiladilar. Ularning har biri raqobatchilar tovarlaridan bir oz farq qiluvchi tovarlar ishlab chiqaradi va bozorda o`z segmentini egallaydi. Nima sababdan xaridor aynan shu mahsulotni tanlab oladiq Bunda u qaysi mezonlarga amal qiladiq Uni ma`lum bir tovar yoki xizmatni tanlashga qanday qilib ko`ndirish mumkinq
SHu va shu kabi savollar har bir firmaning tijorat faoliyatida asosiy rol’ o`ynaydi. Butun bozor iqtisodiyoti uchun esa bu savollar ushbu mamlakatda qaysi tovarlar ishlab chiqariladi degan savol bilan bir xil kuchga ega hisoblanadi. Bu savollarning javoblari raqobatbardoshlik tushunchasi bilan bog`liq.
Xalqaro marketing kontseptsiyasini tayyorlash va amalga oshirish jarayoni bir qator ketma-ket bosqichlarni o`z ichiga oladi.

Xalqaro marketingni rejalashtirish va amalga oshirish jarayoni:

Dastlabki bosqich – dastlabki ma`lumotlarni to`plash va muhim bo`lishi kutilayotgan xorijiy bozorlar orasidan eng ustivorlarini tanlab olish uchun taxminiy tahlilni amalga oshirish.

1-2-bosqich – Har bir ustivor mamlakat uchun to`liq (to`laroq) ma`lumotlarni yig`ish. Bozordagi imkoniyatlar, tavakkalchiliklar va ularga mos ravishda korxonalarning har bir ustivor bozordagi salohiyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash.

3-4-bosqich – korxonaning bosh maqsadlaridan kelib chiqqan holda tashqi iqtisodiy faoliyatning umumiy maqsadlari, chet el bozorlariga oid maqsadlar, bozorlarni tanlash va segmentlashni aniqlash. Bozorga kirib borish strategiya variantlari va tashqi iqtisodiy aloqa shakllarini ishlab chiqish.

5-6-bosqich – muqobil strategiyalarni korxona salohiyatining maqsad va strategiyalarga mos kelishi va amalga oshirilishi bo`yicha baholash. Har bir ustivor mamlakat bo`yicha marketing rejasini ishlab chiqish va korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati bo`yicha umuiy strategiyani optimallashtirish.

7-8-bosqich – marketing chora-tadbirlari tezkor rejalarini ishlab chiqish va qabul qilishdan so`ng ularni amalga oshirish, nazorat qilish.

9-bosqich – kontseptsiyani aniqlash va unga o`zgartirish kiritish.
Jahon bozorida marketing tamoyillari va usullari asosida ish yuritishning hamma uchun bir xil formulasi mavjud emas. Bunday faoliyatning muayyan shakllari bir-biridan sezilarli farq qilishi mumkin. Marketing yondashuvida asosiysi maqsadli yo`nalganlik, marketing faoliyati va boshqa tudagi faoliyatlarning tarkibiy qismlarini belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun yagona yo`naltirilgan texnologiya jarayoniga birlashtirishdir.


Xalkaro marketing faoliyatining tashkil etish asosiy kontseptsiyalari kuyidagilar:

Ishlab chiqarish kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar taqsimoti tizimining samaradorligini oshirish hisobiga o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo`ljallaydi. Bunda ichki ishlab chiqarish imkoniyatlari hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Mazkur vazifani bajarish uchun ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilash, xarajatlarni qisqartirish, mehnat mahsuldorligini oshirish kabi usullardan foydalanishi mumkin. Ishlab chiqarish kontseptsiyasi ikki xil holatda qo`llanishi mumkin:
  • «sotuvchi bozori» sharoitida, ya`ni tovarga talab taklifdan yuqori bo`lganda;


  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi yuqori bo`lib, uni pasaytirish zarur bo`lganda.


Ishlab chiqarish kontseptsiyasidan Genri Ford tijorat faoliyatini boshlagan paytda keng foydalangan. O`sha davrda Amerikaning avtomobil’ bozorida «sotuvchi bozori» hukmron edi: avtomashinalarni tanlab olish cheklangan bo`lib, ularning narxi juda yuqori edi. Ishlab chiqarishni takomillashtirib olgach, Forda mahsulot tannarxini pasaytirishga erishdi. Bu esa avtomashinalarning keng iste`molchiarga ommasiga etib borishini osonlashtirdi.




Yüklə 93,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə