O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibatlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

37-modda. Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibatlari
Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning qayerda turganligi ma’lum
bo‘lgan taqdirda, uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin u har
qanday shaxsdan bu shaxsga bepul o‘tib qolgan mavjud mol-mulkini o‘ziga qaytarib berishni
uch yil mobaynida sud orqali talab qilishga haqli, ushbu Kodeksning 229-moddasi 
ikkinchi 
va
to‘rtinchi
qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning mol-mulki uning vorislari tomonidan
uchinchi shaxslarga sotilgan bo‘lib, bu shaxslar xarid narxini fuqaro qaytib kelgan paytgacha
batamom to‘lamagan bo‘lsalar, bu holda to‘lanmagan summani talab qilish huquqi qaytib
kelgan fuqaroga o‘tadi.
Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning mol-mulkini haq to‘lashni nazarda tutadigan
bitimlar asosida olgan shaxslar mol-mulkni vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning tirikligini
bila turib sotib olganliklari isbotlansa, ular fuqaroga bu mol-mulkni qaytarib berishlari shart.
Bunday mol-mulkni asli holida qaytarib berishning imkoni bo‘lmasa, uning qiymati to‘lanadi.
Agar vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning mol-mulki meros huquqi bo‘yicha davlatga
o‘tgan va sotib yuborilgan bo‘lsa, fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror bekor
qilinganidan keyin unga mol-mulkni sotishdan tushgan pul qaytarib beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
36

99

1009-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual kodeksi 
309-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 
37

48-moddalari
, 160-
moddasi 
birinchi

to‘rtinchi xatboshilari
, O‘zbekiston Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va
homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 
35-moddasi
.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə