O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

70-modda. Unitar korxona
O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi
berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar)
bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining 
to‘rtinchi
va 
beshinchi
qismlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari korxona ustav fondining miqdori to‘g‘risidagi,
uni tashkil etish tartibi va manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi
asosida tegishlidir.
Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Unitar korxona rahbari, shuningdek agar bu korxonaning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa,
kuzatuv kengashi uning boshqaruv organidir. Unitar korxonaning rahbari va kuzatuv kengashi
mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga
hisob beradi.
(70-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob
beradi.
Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Unitar korxona o‘z mulkida o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga
ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z
mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korxona xo‘jalik jamiyati
(shirkati) ishtirokchilari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuniga
asosan
to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y.,
03/18/459/0536-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Unitar korxonalarning huquqiy mavqeyi ushbu Kodeks hamda boshqa qonunchilik bilan
belgilanadi.
(70-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi,
ushbu Kodeks 48-moddasining 
uchinchi 
va 
to‘rtinchi 
qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno. Bu qoida shu’ba korxona ta’sis etgan unitar korxonaning shu’ba korxona
majburiyatlari bo‘yicha javobgarligiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

71, 72

176 — 181-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi
Nizom
.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə