O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Mas’uliyati cheklangan jamiyat



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

62-modda. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav
fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan
jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari
bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan
hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha
har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar
bo‘ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek
“mas’uliyati cheklangan” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy mavqeyi, uning ishtirokchilarining huquq va
burchlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(62-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

58, 59-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 49-
moddasi 
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.


63-modda. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan
miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi. Bunday
jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari
qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan
karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor
(bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning
ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa,
boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek
“qo‘shimcha mas’uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ushbu Kodeksning mas’uliyati cheklangan jamiyat haqidagi qoidalari, agar ushbu
moddada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga
nisbatan qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

58, 59

62-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi
49-moddasi 
uchinchi qismi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida”gi 
Qonun
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə