O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

2-§. Tijorat tashkilotlari
58-modda. Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar
Ulushlarga (qo‘shilgan hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga
bo‘lingan ustav fondi (ustav kapitali)ga ega bo‘lgan tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va
jamiyatlari hisoblanadi. Muassislar (ishtirokchilar) qo‘shgan hissalar yoki ular sotib olgan
aksiyalar hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek xo‘jalik shirkati yoki jamiyati o‘z faoliyati
jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga tegishlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘liq shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati cheklangan
yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilishi mumkin.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

59-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Yakka tadbirkorlar va (yoki) tijoratchi tashkilotlar to‘liq shirkatlarning ishtirokchilari hamda
kommandit shirkatlarda to‘liq sheriklar bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolar va yuridik shaxslar xo‘jalik jamiyatlarida ishtirokchilar va kommandit shirkatlarda
hissa qo‘shuvchilar bo‘lishlari mumkin.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, davlat hokimiyati organlari
xo‘jalik jamiyatlarining ishtirokchilari hamda kommandit shirkatlarga hissa qo‘shuvchilar
bo‘lishga haqli emaslar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi
uchinchi qismi
.
Mulkdorlar tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasalar, qonunda boshqacha
tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, mulkdorning roziligi bilan xo‘jalik jamiyatlarining
ishtirokchilari va kommandit shirkatlarga hissa qo‘shuvchilar bo‘lishlari mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonun ayrim toifadagi fuqarolarning xo‘jalik shirkatlarida va jamiyatlarida ishtirok etishini
taqiqlab yoki cheklab qo‘yishi mumkin, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.
(58-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
5-moddasi
,
“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi
birinchi — ikkinchi qismlari
.
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari boshqa xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining muassislari
(ishtirokchilari) bo‘lishlari mumkin, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining
yettinchi qismi
; O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 
8-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan
hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining 
ikkinchi qismi
.
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining mol-mulkiga pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan
baholanadigan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga o‘tkaziladigan
o‘zga huquqlar hissa sifatida qo‘shilishi mumkin.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Xo‘jalik jamiyati ishtirokchisining qo‘shgan hissasini pul bilan baholash jamiyatning
muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi, qonunda nazarda
tutilgan hollarda esa — baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
(58-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari (aksiyadorlik jamiyatidan tashqari) aksiyalar chiqarishga
haqli emas.
(58-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli
jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi 
sakkizinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik
shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi 
oltinchi qismi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə