O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

53-modda. Yuridik shaxsni tugatish
Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa
shaxsga o‘tmasdan bekor qilinishiga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
54 — 56-moddalari
, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonunning 
49-moddasi
, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 
98-moddasi
, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 
56-
moddasi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 
55-
moddasi
, “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonun 27-moddasi 
ikkinchi — uchinchi qismlari
, 31-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi qismlari
.
Yuridik shaxs quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Oldingi
 tahrirga qarang.
uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan
yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati
tugashi, uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik
shaxsni tashkil qilish chog‘ida qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu
buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb
topganida;
(53-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.


faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruxsatnomasiz yoxud vakolatli organni xabardor
qilmasdan amalga oshirilgan yoki qonunda taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda,
agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga ko‘ra.
(53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz
rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra, bundan nodavlat notijorat tashkilotlari mustasno.
(53-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli
Qonuniga
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Sudning yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qarorida uning muassislari (ishtirokchilari)
yoxud yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan uni tugatishga vakil qilingan organ zimmasiga
yuridik shaxsni tugatishni amalga oshirish vazifasi yuklatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
54 — 56-moddalari
, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
Qonunning 
36-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2013-yildagi “Fuqarolik jamiyati
institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining
2-bandi 
ikkinchi xatboshisi
, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan
tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat
reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risida 
nizom
, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 
32-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə