O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

49-modda. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish,
o‘zgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik
shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonunning 
92 — 97-moddalari
, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida”gi Qonunning 
49 — 54-moddalari
, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni
56-moddasi
.
Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxsni bo‘lish yoki uning tarkibidan bir yoxud bir
necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish shaklida uni qayta tashkil etish vakil qilingan davlat
organlarining qarori bilan yoxud sud qarori bilan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunning 
28-moddasi
.


Agar yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari), ular vakil qilgan organ yoki yuridik
shaxsning o‘z ta’sis hujjatlari bilan qayta tashkil etishga vakil qilingan organi yuridik shaxsni
vakolatli davlat organining qarorida belgilangan muddatda qayta tashkil etmayotgan bo‘lsa,
sud mazkur davlat organining da’vosi bo‘yicha yuridik shaxsning boshqaruvchisini tayinlaydi va
unga ushbu yuridik shaxsni qayta tashkil etishni topshiradi. Boshqaruvchi tayinlangan paytdan
boshlab unga yuridik shaxsning ishlarini boshqarish vakolatlari o‘tadi. Boshqaruvchi sudda
yuridik shaxs nomidan harakat qiladi, taqsimlash balansini tuzadi va uni yuridik shaxslarni qayta
tashkil etish natijasida vujudga keladigan ta’sis hujjatlari bilan birga ko‘rib chiqish uchun sudga
topshiradi. Sudning ushbu hujjatlarni tasdiqlashi yangidan vujudga kelayotgan yuridik
shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki
o‘zgartirish shaklida qaytadan tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina
amalga oshirilishi mumkin.
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga
kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta
tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilganida
qo‘shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning
yagona davlat reyestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan
hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun
92-moddasi 
ikkinchi qismi
, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 
45-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining 07.11.2019-yildagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni 48-
moddasining 
birinchi — to‘rtinchi qismlari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə