O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxsning organlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

45-modda. Yuridik shaxsning organlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs qonunchilikka va ta’sis hujjatlariga muvofiq ish olib boradigan o‘z organlari
orqali fuqarolik huquqlariga ega bo‘ladi va o‘z zimmasiga fuqarolik burchlarini oladi. Yuridik
shaxs organlarini tayinlash yoki saylash tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan belgilanadi.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonunning 
7-bobi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
Qonunning 
IV bobi
, “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
18

29-moddalari
, “Xususiy korxona
to‘g‘risida”gi Qonunning 
III bobi
, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning (Yangi tahriri) 
4-moddasi
.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs o‘z ishtirokchilari orqali fuqarolik
huquqlariga ega bo‘lishi va fuqarolik burchlarini o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Qonunga yoki yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs nomidan ish olib
boradigan shaxs o‘zi vakili bo‘lgan yuridik shaxs manfaatlari yo‘lida halol va oqilona ish olib
borishi kerak. U yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari, a’zolari) talabi bilan, agar qonunda yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yuridik shaxsga yetkazgan zararini
to‘lashi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonunning 
81-moddasi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
Qonunning 
42-moddasi
, Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan
“Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi nizomning 
20-bandi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə