O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

46-modda. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri


Yuridik shaxs o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega bo‘ladi. Tijoratchi
bo‘lmagan tashkilotlar, unitar korxonalarning nomlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa —
boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini ko‘rsatishi
kerak.
Yuridik shaxsning nomiga to‘la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini)
kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama materiallariga ana shunday
nomni yoxud davlat ramzlari elementlarini qo‘shishga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
belgilaydigan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-sonli “Yuridik
shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
Yuridik shaxsning joylashgan eri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning ta’sis
hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan
belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 6-
moddasining 
oltinchi qismi
, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi Qonun 3-moddasining 
sakkizinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs o‘zi bilan bo‘ladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega
bo‘lishi lozim hamda o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organlarini
xabardor etishi shart.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli 
Qonuni 
bilan to‘rtinchi qism
bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 
176 -moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri (pochta manzili) uning ta’sis hujjatlarida
ko‘rsatiladi.
(46-modda beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs o‘z firma nomiga ega bo‘lishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65-bobining 
1-paragrifi
, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi 
Qonun
,
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
33-moddasi
, “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 3-moddasining 
beshinchi
qismi
, “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonun 8-moddasining 
uchinchi qismi
, 28-moddasining 
beshinchi
qismi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 
6-
moddasi
, “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunning 
4-moddasi
.
Yuridik shaxs o‘z firmasining nomidan foydalanish mutlaq huquqiga egadir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65-bobi 
1-paragrifi
, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
7-moddasi
,
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
33-moddasi
.
O‘zga firma nomidan g‘ayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma nomiga egalik
qilish huquqi bo‘lgan shaxsning talabi bilan undan foydalanishni to‘xtatishi hamda yetkazilgan
zararlarni to‘lashi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
11-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə