O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

42-modda. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning
farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi.
(42-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mulkdorlar, xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi subyektlari yoxud ular vakil
qilgan shaxslar yuridik shaxslarning muassislari hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39

43-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 06.12.2001-yildagi
“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 
10 — 13-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 11.12.2003-yildagi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 
9 —
11-moddalari
.
43-modda. Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari
Yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat ta’sis
shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot
bo‘lmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi
mumkin.
Yuridik shaxsning ta’sis shartnomasi uning muassislari tomonidan tuziladi, ustavi esa —
tasdiqlanadi.
Ushbu Kodeksga muvofiq bir muassis tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs shu muassis
tasdiqlagan ustav asosida ish olib boradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning ustavi va boshqa ta’sis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, uning
joylashgan eri (pochta manzili), yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qo‘yilishi,
shuningdek ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan boshqa
ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar va unitar korxonalarning, qonunda
nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham ta’sis hujjatlarida yuridik
shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
(43-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish majburiyatini oladilar,
uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulklarini berish
hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni
ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, muassislarning uning
tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgilab qo‘yiladi. Ta’sis shartnomasiga muassislarning
kelishuviga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, qonunda
belgilangan hollarda esa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ ana shunday
o‘zgartishlar haqida xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga ega
bo‘ladi. Yuridik shaxslar va ularning muassislari mazkur o‘zgartishlarni hisobga olib ish yuritgan
uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ana shunday o‘zgartishlar ro‘yxatga olinmaganligini vaj
qilib ko‘rsatishga haqli emaslar.
 LexUZ sharhi


Qarang: mazkur Kodeksning 
39 — 42

44-moddalari
, 922-moddasi 
oltiinchi qismi
, 1098-modda
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining 06.12.2001-yildagi “Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 
10 — 13-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 11.12.2003-yildagi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 
8 — 11-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə