O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

44-modda. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq
bo‘lgan yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritiladi.
(44-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qo‘yilgan tartibini buzish yoki uning
ta’sis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad
etilishiga sabab bo‘ladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning xabardor qilish tartibi belgilangan
yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni
rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish
ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs qonunda belgilangan hollardagina qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39 — 43

44-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 06.12.2001-
yildagi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 
14

49-
mddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 11.12.2003-yildagi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 
11-
moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə