O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

75-modda. Jamoat fondlari
Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida
tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni
ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan o‘tkazilgan
mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil
etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, fond esa


muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga
oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Fond qonunchilikka muvofiq
tadbirkorlik faoliyati bilan o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga to‘g‘ri keladigan doirada
shug‘ullanishi mumkin. Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(75-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoat fondi har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilib borishi shart.
Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi uning ustavida
belgilanadi.
Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining 
to‘rtinchi qismida
ko‘rsatilganidan tashqari quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: fond organlarining tuzilishi,
vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash)
va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning,
uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va
majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil
etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond
ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ramziy
belgisining tavsifi, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi
mumkin.
(75-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoat fondlari huquqiy holatining xususiyatlari 
qonunchilik 
bilan belgilanadi.
(75-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

73, 74

76 — 78-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
12-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
11 — 13-moddalari
.
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son 
Qonuni
tahririda —
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə