O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qo‘yilishi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

80-modda. Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qo‘yilishi
Davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat o‘zi tuzgan yuridik shaxsning
majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Ushbu moddaning qoidalari davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning
majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs
davlatning majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli
emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 2-moddasi 
ikkinchi qismi
, 3-moddasi 
uchinchi qismi

12

15

70 — 72
,
80-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik
to‘g‘risida”gi Qonunining 
24-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi
215-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi 
Nizom
.
3-kichik bo‘lim
OBYEKTLAR
6-BOB
UMUMIY QOIDALAR
81-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar,
boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat
namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari,
shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
82 — 96

182

1041 — 1048

1056-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 
3-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 20.07.2006-yildagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risida”gi Qonunining 
5 — 8-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə