O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

84-modda. Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga
kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
81

83 — 96-moddalari
, 111-moddasining 
birinchi, ikkinchi qismlari

182
,
481-moddalari
, 488-moddasining 
ikkinchi qismi

490-moddasi
, 497-moddasining 
ikkinchi qismi
, 504-
moddasining 
beshinchi qismi

513-moddasi
, 539-moddasining 
ikkinchi qismi
, 574-moddasining
uchinchi
qismi
, 580-moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining
 31-moddasi
.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan ro‘yxatdan
o‘tkazishni ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq yoki bitim to‘g‘risida hujjat berish yoxud ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlashi shart.
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasining
oltinchi qismi
.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shart.
Axborot, ro‘yxatdan o‘tkazish qayerda amalga oshirilganidan qat’i nazar, ko‘chmas mol-
mulkni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishni rad etish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat
qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limi 
2-kichik bo‘limi

III bo‘limi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari qonunchilik
bilan belgilab qo‘yiladi.
(84-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə