O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

76-modda. Muassasalar
Boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa
vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman
moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanadi.
Muassasaning o‘ziga biriktirib qo‘yilgan va o‘zi sotib olgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlari
ushbu Kodeksning 
178
 va 
180
-moddalariga muvofiq belgilanadi.
Muassasa o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi pul mablag‘lari bilan javob beradi. Bu
mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan
subsidiar javobgar bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayrim turdagi davlat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeyining
xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(76-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi


Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

73 — 75

77, 78

329-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
Qonunining 
10

13-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
77-modda. Yuridik shaxslar birlashmalari
Tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek
mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat
tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalariga birlashishlari mumkin.
Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va o‘zga birlashmaga
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va o‘zga
birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xo‘jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi
kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo‘jalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda
ishtirok etishi mumkin.
Notijorat tashkilotlari o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak
manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida
birlashmalar tuzishlari mumkin.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari o‘z mustaqilliklarini va yuridik shaxs
huquqlarini saqlab qoladilar.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydi.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari ularning majburiyatlari bo‘yicha
uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va
tartibda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini ko‘rsatishi,
unga “uyushmasi”, “ittifoqi” so‘zlari yoki birlashma turini ko‘rsatadigan boshqa so‘z kiritilgan
bo‘lishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari
belgilanishi mumkin.
(77-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

73 — 76

78

329-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
10-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 
26-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 
2-bandi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat
notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining 
ikkinchi qismi
, 15-moddasining 
ikkinchi qismi
.
(77-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə