O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

98-modda. Xizmat va tijorat siri
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik qonunchiligi xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotni, basharti bu axborot
uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega bo‘lgan,
qonun yo‘li bilan undan erkin bahramand bo‘lish mumkin bo‘lmagan hamda axborot egasi
uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko‘rgan hollarda himoya etadi.
(98-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
99-modda. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar
Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si,
shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan
huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki
qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va
o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy
nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va
tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi
va himoya etilishi mumkin.
100-modda. Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish
Fuqaro o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi
ma’lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga
to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Manfaatdor shaxslarning talabiga ko‘ra fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatini uning
vafotidan keyin ham himoya qilishga yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.1992-
yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya
qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli 
qarori
.
Basharti, fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi
ma’lumotlar ommaviy-axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, ayni shu ommaviy-axborot
vositalarida raddiya berilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni 
34-
moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.1992-
yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya
qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 
1-3

14-bandlari
.
Basharti, bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat
almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak.
Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.1992-
yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya
qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 
6

14-bandlari
.
Fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini kamsituvchi ma’lumotlar e’lon qilinganda u ayni o‘sha ommaviy axborot vositalari
orqali chiqib, o‘zini himoya qilish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunchilikda
belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani to‘lash
qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod
etmaydi.
(100-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar
tarqatilgan fuqaro bunday ma’lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida
yetkazilgan zararlar va ma’naviy ziyonning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
81

1021, 1022-moddalari
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.1992-
yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya
qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 
13-bandi
.
Ushbu moddadagi fuqaroning ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi qoidasi
yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya etishga nisbatan ham tegishli yo‘sinda tatbiq
etiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
35-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə