O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

96-modda. Qimmatli qog‘ozlar
Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda
tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur
huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan
hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, chek, depozit va
jamg‘arma sertifikatlari, konosament, aksiya hamda qonunchilik bilan qimmatli qog‘ozlar
jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
(96-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86

740, 741-moddalari
, 769-moddasining 
to‘rtinchi qismi

770

807-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
8-BOB
NOMODDIY NE’MATLAR
97-modda. Intellektual faoliyat natijalari
Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda intellektual
faoliyatning aniq ifoda etilgan natijalari hamda yuridik shaxsning bu natijalarga tenglashtirilgan
o‘ziga xos vositalari, ana shu ishlar yoki xizmatlarni ado etayotgan jismoniy yoki yuridik
shaxsning mahsulotlari (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va h.k.)ga nisbatan
fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi e’tirof etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mutlaq huquq obyekti bo‘lgan intellektual faoliyat natijalari va o‘ziga xos vositalaridan
uchinchi shaxslar huquq egasining ruxsati bilangina foydalanishlari mumkin.
(97-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
81

1031 — 1111-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
,
“Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Elektron
hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə