O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

68-modda. Qaram xo‘jalik jamiyati
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz
beradigan aksiyalarning (ulushning) yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik
jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi.
(68-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qaram xo‘jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qaram xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) ulushlarga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga
kirguniga qadar ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni
olgan qaram xo‘jalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlari
umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
(68-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-
son)
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat ustav fondining tegishli
qismini qo‘lga kiritib olganligi haqidagi ma’lumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibda darhol
e’lon qilishi shart.
Xo‘jalik jamiyatlari bir-birlarining ustav fondlarida o‘zaro qatnashishining chegarasi va
bunday jamiyatlardan biri boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlarining umumiy
yig‘ilishida foydalanishi mumkin bo‘lgan ovozlar soni qonunda belgilab qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

58-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasining
yettinchi
qismi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə