O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
uploads constitution oz

81-modda.
Vakolat muddati tugagach, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi va Senati tegishincha yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga 
qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi 
majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va Senat 
tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 
chaqiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar 
davrida o‘tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab 
kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, lekin 
yiliga kamida uch marta o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha 
deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli 
hisoblanadi. 
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy 
sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, 
shuningdek ularning organlari majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, 
Vazirlar Mahkamasining a’zolari, respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy 


kengashi raislari, Bosh prokurori, Markaziy banki Boshqaruvining raisi ishtirok etishlari 
mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari 
majlislarida Senat Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari 
majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin. 
(81-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati alohida-
alohida majlis o‘tkazadilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma 
majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim 
masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda 
o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham 
o‘tkazilishi mumkin. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə